Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
Download 428.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mustaqil ish
4-rasm. 3GPP loyihasining bosqichlari. Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi yer usti radioulanish tarmog„i – UTRAN (ingl. UMTS Terrestrial Radio Access Network) va tayanch tarmog„i – CN (ingl. Core Network) lardan iborat (16.3-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan farqli ravishda UMTS tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi - UE (ingl. User Equipment - abonent uskunasi) deb nomlanadi. Bunga sabab shuki UMTS tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki ma‟lumot uzatish terminali funksiyalarini ham bajaradi. 5-rasm. UMTS tizimlarining arxitekturasi. UTRAN tarmog„i tayanch tarmog„i CNga ulangan RNS (ingl. Radio Network Subsystem) radioulanish tarmoqlarining nimtizimlari majmuasidan tashkil topgan. RNS nimtizimi RNS kontrolleri va bir yoki bir nechta tayanch stansiyalar Node B larini o„z ichiga oladi. Radiotarmoq kontrolleri - RNS tayanch stansiyalarni boshqaruvini bajaradi hamda MSC/VLR - mobil kommutatsiya markazi bilan o„zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - radiokanallar taqsimlanishini boshqarish; - ulanishlarni nazorat qilish hamda ularni ketma-ketligini boshqarish; - masofadan dinamik kommutatsiya qilish; - abonent yuklamalarining taqsimlanishini nazorat qilish. Tayanch stansiya Node B ning asosiy funksiyasi radiointerfeysni tashkil etishdadir. Bunga quyidagilar kiradi: radiosignalni qayta ishlash, signal spektrini kengaytirish/siqish bilan modulyatsiya/demodulyatsiya, kodlash/dekodlash va boshqalar, shu jumladan, RNC radiokanallarni boshqarish bo„yicha ba‟zi operatsiyalarni bajarish (masalan, nurlanish quvvatini boshqarish, ―xendoverni‖ amalga oshirish) va h.k. Tayanch stansiya FDD, TDD yoki aralash (ingl. dualmode) rejimlarda ishlay oladi. UMTS tizimining tayanch tarmog„i - CN quyidagi elementlardan iborat: MSC/VLR – mobil kommutatsiya markazitarmoqning markaziy elementi hisoblanadi. U tayanch stansiyalarni (TS) katta guruhiga xizmat qilishi mumkin hamda abonent uskunalarining (AU) ish jarayonida zarur bo„ladigan barcha turdagi ulanishlarini ta‟minlaydi. MSC/VLR turli tarmoq elementlarini (xususan, RNS nimtizimlari elementlarini) o„zaro ulagan holda UMTS tarmog„i ichida ma‟lumot almashuvini ta‟minlab beradi. Shuningdek, MSC/VLR boshqa MSClar, qisman hududiy GMSC va yana boshqa qismlar bilan ham ulanishni amalga oshiradi. MSC tarkibidagi VLR registrida mehmon abonentlar uchun ko„rsatilgan aloqa xizmatlari, shuningdek, tizimning xizmat ko„rsatish doirasidagi AUlarning joylashgan o„rni haqidagi aniq ma‟lumotlar saqlanadi. HLR registri, SGSN va GGSN tugunlari huddi GSM tarmoqlaridagi kabi vazifalarni bajarishadi. Operatorlar o„zlariga mos tarmoq konfiguratsiyalarini yaratishlari uchun UMTS tizimining arxitekturasi yetarli darajada moslashuvchan va universaldir. UTRAN tarmog„i 4ta asosiy interfeysdan foydalanishini eslab o„tamiz: Iu – RNC vа CN o‟rtasidagi interfeys; Uu - Node B bilan АУ o‟rtasidagi interfeys; Iur – RNClar orasidagi interfeys; Iub - Node B hamda RNC orasidagi interfeys. Uu va Iu interfeyslari ikki qismga bo‟linadi: U-Plane (ингл. User Plane) - transport xizmatlari va radioulanish tarmog„i orqali ma‟lumot uzatish xizmatlarini amalga oshiruvchi abonent sathi protokollari; С-Plane (ингл. Сontrol Plane) - radioulanish tarmog„idagi transport xizmatlarini hamda AU va tarmoq orasidagi ulanishlarni, shu jumladan, xizmat ko„rsatishga oid so„rovlar, uzatish resurslarini boshqarish, ―xendover‖ va hokazolar boshqaruvini amalga oshiruvchi boshqaruv satxi protokollari. CDMA-2000 standarti.3GPP-2 loyihasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida CDMA-2000 oilasi tarkibiga kiradigan standartlar guruhi ishlab chiqildi. O„z nomidan ma‟lum qilganidek, CDMA-2000 standartlarining oilasi (CDMA2000 1X - CDMA2000 EV-DO Rel.0, CDMA-2000 EV-DO Rev.A, CDMA-2000 EV-DO Rev.B, - CDMA-2000 3x) kanallarni kod asosida ajratuvchi – CDMA texnologiyasini qo„llagan holda quriladi. CDMA texnologiyasi o„zining yuqori spektral samaradorligi tufayli sotali aloqa tizimlarining ikkinchi avlodidan uchinchi avlodiga o„tish uchun qat‟iy yechim bo„ldi. CDMA-2000 standarti cdmaOne (IS-95) tarmoqlarining evolyutsion rivojlanishida uchinchi avlodi deb hisoblanadi, va shuni uchun ham bu standartlar tarmoqlari o„zaro ishlay oladi. CDMA–2000 standartlari IS-95A versiyasining asosiy prinsiplarini saqlagan holda uzluksiz rivojlanmoqda va takomillashib bormoqda. O„zining keyingi evolyutsion rivojlanishida CDMA-2000 standartlari LTE standarti tomon harakatlanmoqda. CDMA-2000 tizimining arxitekturasi GPRS va UMTS tizim arxitekturalari bilan ko„plab umumiylikka ega. Bu yerda ham ikki darajaga bo„linish mavjud: radioulanish - RAN va tayanch – CN tarmoqlari, shuningdek, paketli va kanalli kommutatsiya uchun alohida nimtizimlar ishtirok etadi. CDMA tarmog„i quyidagi tuzilish elementlaridan iborat (4-rasm): Download 428.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling