Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo`linishi.
Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari
Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta‟sirida paydo bo„lib, yillar davomida tuproq
qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo„lib, asosan sanoat korxonalari,
maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi (3-rasm).Har bir
davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo„lib,
mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat
kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi.
Uzbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar
bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo„mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot
institutlari shug„ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va
boshqa xossalari o„rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |