´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
YUMSHOQ DORI SHAKLLARIYumshoq dori shakllariga quyidagilar kiradi: surtmalar (maz), pastalar, linimentlar, shamchalar, plastirlar. SURTMALARSurtma (bosh kelishik birlik sonda - Unguentum, qaratqich kelishik birlik sonda - Unguenti). Surtma yumshoq dori shakli bo‘lib, asosan tana sirtiga surtish uchun ishlatiladi. Surtmalar yuqori darajada qovushqoqlikga ega bo‘lgan gomogen massa bo‘lib, teri yoki shilliq qavatlar yuzasida tekis, sidirilib ketmaydigan parda xosil qila oladi. Surtmalar murakkab dori shakli bo‘lib eng kamida 2 ta tarkibiy qism: ta’sir ko‘rsatuvchi (basis) va shakl beruvchi (surtma asoslari - constituens) moddalardan iborat bo‘ladi. Shakl beruvchi moddalar yuqori darajada sifatli bo‘lishlari va quyidagi xossalarga ega bo‘lmoqliklari zarur: yorug‘lik nuri, havo, harorat ta’sirida buzilmasliklari dori vositalari bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmasliklari yuqori darajada surtilish va tana haroratida erib ketishligi ba’zi xollarda ular teridan yaxshi surilishligi tannarxi arzon bo‘lishligi Shuni ta’kidlash joizki surtma asoslari shakl beruvchi vazifasini o‘tash bilan bir qatorda ijobiy mahalliy ta’sirga egadirlar, ya’ni ular ma’lum qalinlikdagi parda xosil qilib, teri va shilliq qavatlarni mexanik ta’sirotlardan saqlaydilar, ularni sezuvchanligini pasaytiradilar, issiqlik tarqatishni kamaytiridilar, to‘qimalar trofikasini yaxshilaydilar, yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va qichishishga qarshi ta’sir ko‘rsatadilar. Surtma asosi sifatida quyidagi moddalar qo‘llaniladi: Vazelin (Vaselinum) – neftni qayta ishlash mahsuloti. Vazelin yaxshi saqlanadi, indifferent, teri va shilliq qavatlardan so‘rilmaydi. Shuning uchun tana sirtga ishlatiladigan surtmalarni tayyorlashda keng ishlatiladi. Vazelin moyi (Oleum Vaselini) – rangsiz, hidsiz, ta’msiz, yog‘simon konsistentsiyaga ega suyuqlik bo‘lib, suvda erimaydi. Teri va shilliq qavatlardan yomon so‘riladi. Lanolin (Lanolinum) – qo‘ylarning junini yuvish orqali ajratib olinadi. Suvda erimaydi, saqlanganda buzilmaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Lanolin 2 xil: suvli va suvsiz bo‘ladi. Lanolin 26 – 42 o‘S da eriydi, teridan yaxshi so‘riladi, shu sababli undan tayyorlangan surtmalar rezorbtiv ta’sirga ega. Suvsiz lanolin 150% gacha o‘ziga suv shimadi va undan tayyorlangan surtmalar asosan suyuqlik ko‘p ajralayotgan yaralar yuzasiga qo‘yiladi. Spermatset (Spermacetum) – kitsimon dengiz hayvoni – kashalotlarning ichki yog‘idan ajratib olinadi. Hidsiz, suvda erimaydi, 45 – 54 o‘S da eriydi. Surtma asosi sifatida mustaqil qo‘llanilmaydi. Boshqa asoslarga gigroskoplik, zichlilik va elastiklik xossasini oshirish uchun ko‘shiladi. Tozalangan cho‘chka yog‘i (Adeps suillus depuratus). Cho‘chqa charvisini eritish yo‘li bilan olinadi. Oq, bir xil massa bo‘lib 34 – 46 o‘S da eriydi. Yaxshi tarafi shundaki u terini ustini ideal qoplaydi, mahalliy ta’sirlamaydi, ko‘pchilik dorilarga salbiy tasir ko‘rsatmaydi. Teri va shilliq qavatlardan yaxshi so‘riladi. Ammo, cho‘chqa yog‘i quyidagi kamchiliklarga ega: tez bo‘ziladi (1 – 2 haftada achiydi), ba’zi dorilar uni oksidlaydi (kumish nitrat, simob oksidi va boshqalar). Surtmalar asosan ofitsinal va kamdan-kam xollarda magistral yo‘l bilan tayyorlanadi. Surtmalar oddiy va murakkab (tarkibida 2 va undan ortiq dori) bo‘ladi. Retseptlarda surtmalar qisqartirilgan va kengaytirilgan ko‘rinishda yoziladi. Qisqartirilgan shaklda retseptlar yozilganda surtmaning miqdori va uning tarkibidagi dori foizi ko‘rsatiladi. Retseptda surtma asosi ko‘rsatilmagan bo‘lsa odatda vazelin ishlatiladi. Surtilish yuzasiga ko‘ra retseptda surtmalar miqdori 5,0 dan 100,0 gacha yoziladi. Kengaytirilgan ko‘rinishda retsept yozilganda surtmalar tarkibiga kiruvchi hamma moddalarning nomi va miqdori yoziladi. Keyin M.f. unguentum yoziladi, so‘ngra D.S. yoziladi. Misol. Tarkibida 10% rux oksidi bo‘lgan 20 g surtmaga retsept yozilsin. Hisob: 100,0 – 10,0 20,0 - x x = 2,0 Demak tarkibida 10% rux oksidi bo‘lgan 20 g surtma tayyorlash uchun 2 g rux oqsidi olish kerak ekan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling