´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


Download 1.17 Mb.
bet26/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
Kerakli

Rp.: Zinci oxydi 2,0
Vaselini ad 20,0
M.f. unguentum
D.S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Agar surtma tarkibiga 1 ta dorivor modda kirgan bo‘lsa va surtma asosi sifatida vazelin olingan bo‘lsa, bunday holda retsept qisqartirilgan xolda yoziladi. Retsept Unguenti so‘zidan boshlanadi va dori moddasini nomi, miqdori ko‘rsatiladi, keyin esa D.S. yoziladi.
Rp.: Unguenti Zinci oxydi 10% - 20,0
D.S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Qisqartirilgan ko‘rinishda ofitsinal surtmalar yoziladi. Ofitsinal surtmalar davlat farmakopeyasiga keltirilgan bo‘ladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Rux surtmasi (Unguentum Zinci)

  • Sariq simob surtmasi (Unguentum Hydrargyrum oxydum flavum)

  • Oq simob surtmasi (Unguentum Hydrargyrum oxydum album)

  • Glitserin surtmasi (Unguentum Glucerinum)

  • Naftalan surtmasi (Unguentum Naphthalanum)

  • Kseroform surtmasi (Unguentum Xeroformium)

Masalan. 10,0 ofitsinal ruxli surtma yozish buyurilsin.
Rp.: Unguenti Zinci 10,0
D.S. Ko‘zga surtish uchun.


PASTALAR


Pasta (bosh kelishik birlik sonda - Pasta, qaratqich kelishik birlik sonda - Pastae). Bu quyuq surtma hisoblanadi. Tarkibida 20% dan 60% gacha sochma holdagi quruq moddalar (talk, kraxmal, rux oksidi, oq tuproq - Talcum, Amylum, Zinci oxydum, Bolus alba) va boshqalar bo‘ladi. Bundan tashqari pastalar adsorbtsiya va quritish xossalari bilan bir qatorda yallig‘lanishga qarshi ta’siri ham bor. Pastalar magistral va ofitsinal bo‘ladi. Magistral pastalarga retseptlar faqat kengaytirilgan shaklda yozilib, pasta tarkibiga kiruvchi barcha ingredientlarning nomi va miqdori ko‘rsatiladi. Retsept M.f. pasta keyin D.S. deb tamomlanadi.
Misol. 50 g vazelindan iborat asosi pasta yozilsin. Uning tarkibida 5% anestezin va 25% rux oksidi bo‘lsin.
Hisob: anestezin 100,0 – 5,0 rux oksidi 100,0 – 25,0
50,0 – x x = 2,5 50,0 – x x = 12,5



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling