Olei Gossypii ad 75,0
M.f. linimentum
D.S. Surtish uchun.
Ofitsinal linimentlarga misol. 5% li 25,0 ofitsinal sintomitsin linimentga retsept yozilsin, yaralarga surtish buyurilsin.
Rp.: Linimenti Synthomycini 5%-25,0
D.S. Yaralarga surtish uchun.
SHAMCHALAR
Shamcha (bosh kelishik birlik sonda - Suppositorium, tushum kelishigi birlik sonda - Suppositorium). Dozalarga bo‘lingan dorivor moddalar bo‘lib, uy haroratida qattiq, tana haroratida esa erib ketadi. Shamchalar to‘g‘ri ichak (suppositoria rectalia), qinga (suppositoria vaginalia) bo‘shlig‘iga quyish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari taeqchalar (bacilli) ham bo‘ladi. Shamchalarni tayyorlashda asos sifatida ta’sirlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lmagan va tana haroratida eriydigan va shillik qavat orqali yomon so‘riladigan, shuningdek dori moddalari bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydigan asoslar tanlash zarurdir. Bunday talabga kakao moyi (Oleum Cacao) va yapon korichnik moyi (Oleum Cinnamoni pedunculari) javob beradi.
Shamchalar shaklida dorilar mahalliy va umumiy ta’sir uchun qo‘llaniladi. To‘g‘ri ichak shamchalari rezorbtiv ta’sir qilish xususiyatiga egadir (umumiy ta’sir). Shuning uchun ham zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni shamcha holida ishlatganda ularning miqdori terapevtik dozadan oshmaslik kerak.
To‘g‘ri ichak shamchalari konus yoki tsilindr shaklida bo‘lib og‘irligi 1,1 dan 4,0 gacha bo‘ladi. Qin shamchalari esa dumaloq (globuli) yoki tuxumsimon (ovula) va yassi (pessaria) holatda bo‘lib og‘irligi 1,5 dan 6,0 gacha bo‘ladi.
Retseptlarda shamchalar qisqartirilgan (ofitsinal bo‘lganlari) shaklda yozilsa, suppozitoriy so‘zidan boshlanib, keyin esa cum qo‘shimchasi bilan yozilib, dorining nomi, dozasi ko‘rsatiladi. Retsept D.t.d.N... in charta cerata deb signaturani yoritish bilan tugallanadi.
Misol. Tarkibida 0,2 ixtiol saqlagan 10 ta ofitsinal to‘g‘ri ichak shamchasiga retsept yozilsin va 1ta shamchadan ertalab va kechkurun to‘g‘ri ichakka quyish buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |