´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rp .: Suppositoria “ Bethiolum ” N .10 D . S . 1 ta shamchadan kuniga 2 marta.
- Rp .: Anaesthesini 0,3 Olei Co cao 3,0 M . f . suppositorium rectale
Rp.: Suppositorium cum Ichthyolo 0,2
D.t.d.N.10 in charta cerata S. 1 shamchadan ertalab va kechqurun to‘g‘ri ichakka quyilsin. Ba’zi hollarda ofitsinal shamchalar murakkab tarkibli bo‘lsa, ularning savdo nomi ko‘rsatiladi. Masalan, ““ “Anuzol”, “““Betiol” va boshqalar. Bunday holda retsept tushum kelishigi ko‘plik sonda boshlanib (Suppositoria) keyin nomi va soni ko‘rsatiladi. Dori moddasining miqdori dorinomada keltirilmaydi. Misol. 10 ta “ “ “Betiol” shamchasi yozilsin va 1 ta shamchadan kuniga 2 marta buyurilsin. Rp.: Suppositoria “Bethiolum” N.10 D.S. 1 ta shamchadan kuniga 2 marta. Retseptda magistral shamchalar yozilganda dorining 1 martalik dozasi ko‘rsatiladi, so‘ngra asos va uning miqdori yoziladi. Keyin M.f. suppositorium deb ishlatilish yo‘li ko‘rsatiladi va D.t.d.N. soni ko‘rsatiladi, so‘ngra signatura S. yoziladi. Misol. Tarkibida 0,3 anestezin saqlagan 10 ta to‘g‘ri ichak shamchasi yozilsin. Mo‘m qog‘ozga o‘ralgan xolda berilsin. 1 ta shamchadan kuniga 2 mahaldan to‘g‘ri ichakka kiritish buyurilsin. Rp.: Anaesthesini 0,3 Olei Cocao 3,0 M.f. suppositorium rectale D.t.d.N.10 in charta cerata S. 1 ta shamchadan kuniga 2 mahal to‘g‘ri ichakka quyilsin. PLASTIRLARPlastir (bosh kelishik birlik sonda - Emplastrum, qaratqich kelishik birlik sonda - Emplastri). Plastirlar tana haroratida yumshab teriga yopishib qolish xossasiga ega bo‘lgan plastik massadir. Ularni tasmasimon pishiq matoga so‘rkalgan xolda ham qo‘llaniladi (yaraga yopishtirib qo‘yiladigan malhamli mato). Ular asosan sirtga ishlatiladi. Agregat xolatiga karab qattiq va yumshoq plastirlar ajratiladi. Qattiq plastirlar xona haroratida qattiq bo‘lib, tana haroratida yumshaydi. Suyuq plastirlar (yoki teri sirochlari) tez uchuvchan suyuqliklar bo‘lib surkalgan joyidan parlanib terida yupqa parda hosil qiladilar. Hozirgi zamon plastirlari asosan farmatsevtik sanoatda ishlab chiqariladi. Plastirlar tarkibi dori vositasi va murakkab asos (yog‘ kislotalarining tuzlari, moylar, parafin, tserezin, vazelin, lanolin, mum, yelim) dan iboratdir. Ammo ba’zi plastirlar faqat asosdan iborat bo‘ladi, masalan: leykoplastir. U yaralar chetlarini yaqinlashtirish, bog‘lamlarni mustaxkamlash, yarani ifloslanishidan mexanik ximoyalash uchun qo‘llaniladi. Tarkibida dori vositasi bo‘lgan plastirlar mahalliy ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Suyuq plastirlar flakonlarda yoki aerozol ballonchiklarda chiqariladi. Qattiq plastirlar asosan matolarga surkalgan xolatda chiqariladi. Retseptda plastirlar qisqartirilgan shaklda yoziladi. Unda plastir nomi, miqdori va kerak xolatlarda o‘lchamlari ko‘rsatiladi. Misol. Yarani ustidagi bog‘lovni mustaxkamlash uchun o‘lchami 3 sm x 5 m bo‘lgan leykoplastirga retsept yozing. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling