Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Satr va belgilarni formatlash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

Satr va belgilarni formatlash. 
Ixtiyoriy belgini formatlashda %c spetsifikator qo‗llaniladi. Bu 
spetsifikator belgini o‗zgarishsiz chop etadi. Satrlarni formatlashda %s 
spetsifikatoridan foydalaniladi. 
Sonlarni formatlash.
Butun sonlarni o‗nlik ko‗rinishda formatlash uchun %d spetsifikatori
ishlatiladi. Sonlarni o‗nli kasr ko‗rinishida chop etish uchun %f 
spetsifikatordan foydalaniladi. Sonlarni eksponensial ko‗rinishda chop etish 
uchun %e spetsifikatori ishlatiladi va sonlar
x.dddddde+/-yy 


30 
formatda chop etiladi. Bu yerda sonning butun qismi bitta raqam (x), kasr 
qismida oltita raqam (dddddd), e harfi (10 ga ko‗paytirilgan, degan ma‘noni 
anglatadi), tartibning ishorasi (+/-) va tartibida ikkita raqam (yy) ko‗rinishda 
chop etiladi. Masalan,
Formatter ff1=new Formatter(); 
d=-234.45; 
ff1.format("%e", d); 
System.out.println("d="+ff1); 
programmaning qismi natijasida
d=-2.344500e+02 
ko‗rinishda chop etadi. Agar ff1.format("%E", d); ko‗rinishda tanlansa natija
d=-2.344500YE+02
shaklda bo‗ladi. 
O‗nlik sanoq sistemasidagi butun sonlarni 16 lik yoki 8 lik sanoq sistemasida 
chop etish mumkin. Masalan,
ss.format(("16 lik: %x, 8 lik: %o", 196,196); 
ko‗rinishdagi formatning natijasi 
16 lik: c4, 8 lik: 304 
ko‗rinishda bo‗ladi. 
%n va %% spetsifikatorlari. 
Agar formatda %n ko‗rinishidagi spetsifikator uchrasa, undan keyingi barcha 
ma‘lumotlar yangi satrdan chop etiladi. %% ko‗rinishdagi spetsifikator uchragan 
joyda bitta % belgisi chop etiladi. Masalan, 
Formatter ff=new Formatter(); 
ff.format("Diskni formatlash %n %d%% ga bajarildi.",20); 
System.out.println(ff); 
programma natijasi 
Diskni formatlash
20% ga bajarildi. 
ko‗rinishda bo‗ladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling