Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


 Takrorlanuvchi jarayonlar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

 
7. Takrorlanuvchi jarayonlar. 
Amaliyotda juda ko‗p masalalarni yechish takrorlanuvchi jarayonlarga 
mos keladi. Takrorlanuvchi jarayonlar deb jarayonning ma‘lum bir qismi bir 
necha bor takrorlanadigan jarayonlarga aytiladi. Bu jarayonlarni ifodalovchi 
algoritmning ma‘lum bir qismi ko‗p marta takrorlanadi. Masalan, bir nechta 
sonlarning yig‗indisini, ko‗paytmasini, maksimumini, minimumini va h.k. 
topish takrorlanuvchi jarayonlarga misol bo‗ladi.
Takrorlanuvchi jarayonlarning algoritmining blok-sxemasini shartli 
bloklar yordamida ham keltirib chiqarish mumkin. Takrorlanuvchi jarayonlar 
algoritmini yozishda jarayonning parametri (biror o‗zgaruvchi) muhim rol 


50 
o‗ynaydi. Jarayonda parametrning boshlang‗ich va oxirgi qiymati, 
parametrning o‗zgarish qadami jarayonni boshqaradi. Quyida 
ko‗rinishdagi yig‗indini hisoblash algoritmining blok-sxemasini keltiramiz. 
Bu yig‗indi qaysidir ma‘noda umumiy ko‗rinishga ega. Misolda f(i) ni o‗rniga 
har xil i ga bog‗liq ifodalar yozib, turli tuman yig‗indilarni hosil qilishimiz 
mumkin. Masalan. f(i)=i tanlasak, 
s=1+2+3+…+n 
sonlarning yig‗indisi, f(i)=1/i tanlasak, 
s=1/1+1/2+1/3+…+1/n 
sonlarning yig‗indisi, f(i)= i
2
tanlasak, 
s=1
2
+2
2
+3
2
+…+n

sonlarning yig‗indisi va h.z hosil bo‗ladi. Demak, yuqoridagi formula qaysidir 
ma‘noda model bo‗lib, undan shu klassga doir misollarni keltirib chiqarish 
mumkin ekan. Agar biz bu modelga algoritm tuza olsak, bu algoritm 
algoritmik model bo‗ladi. Algoritmik modelda mos almashtirishlar qilib aniq 
berilgan misolning algoritmini keltirib chiqarish mumkin. Bu algoritmik 
modelda i parametr sifatida butun qiymat qabul qiluvchi o‗zgaruvchi olingan. 
Uning boshlang‗ich qiymati 1 ga, oxirgi qiymati n ga va o‗zgarish qadami 
birga teng. Bu qiymatlar takrorlanish jarayonini nazorat qilish uchun kerak 
bo‗ladigan qiymatlardir. Bu jarayon algoritminingg blok-sxemasi 7.1-rasmda 
keltirilgan. Bu blok-sxemada f(i)ni mos ifodalar bilan almashtirib, aniq 
misolning algoritmini keltirib chiqarish mumkin.
Blok-sxemaning 1-, 2- va 3-bloklariga e‘tibor bering. Bu bloklar n ning 
qiymatiga qarab bir necha bor takrorlanadi. Takrorlanish jarayonida 
parametrning qiymati har qadamda tekshirib boriladi. Agar uning qiymati n 
dan oshib ketmasa s o‗zgaruvchida yig‗indi hosil bo‗lib boradi (2-blok). 
Parametr i ning qiymati har doim 1 ga oshib, o‗zgarib turadi (3-blok). 
Takrorlanuvchi jarayonlarning algoritmini yozish uchun Java tilida 
maxsus uchta sikl operatori mavjud. Keyingi bo‗limlarda bu operatorlar bilan 
tanishamiz.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling