Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
while -sikl operatori.
while-sikl operatorining ko‗rinishi quyidagicha: while (shart){ // takrorlanuvchi operatorlar } Bu operator ishlaganda, oldin shart tekshiriladi. Agar shartning qiymati rost bo‗lsa,, takrorlanuvchi operatorlar bajariladi va bu jarayon shart yolg‗on bo‗lguncha davom etadi. Qachonki shart yolg‗on bo‗lsa, ya‘ni shart 51 bajarilmasa, } dan keyingi operatorga bajarilish uzatiladi. Agar takrorlanuvchi operatorlar soni bitta bo‗lsa, bu operatorni while (shart) takrorlanuvchi operator; ko‗rinishida ham yozish mumkin. Xuddi shuningdek, bu operatorni while (shart) ; ko‗rinishida ham qo‗llash mumkin. 7.1-rasm. Quyida 7.1-rasmdagi algoritmning f(i)=i uchun programmasi keltirilgan: public class Summa { public static void main(String[] args) { int i, s, n; n=20; s=0;i=1; while (i<=n) { s+=i; i++; } System.out.println("summa= " +s); } } Programmaning natijasi Bosh. n s=0; i=1 i≤n hа s=s+f(i) i=i+1 yo‘q s Таm. 1 3 2 52 summa= 210 ko‗rinishda bo‗ladi. Quyida keltirilgan misolda sikl bir marta ham bajarilmaydi: while (1 < 0) System.out.println("Sikl bir marta ham bajarilmaydi, chunki shart doim yolg‗on. "); Quyida keltirilgan misolda sikl cheksiz ko‗p marta takrorlanadi: while (1 > 0) System.out.println("Sikl cheksiz ko‗p marta takrorlanadi, chunki shart doim rost. "); Bu ko‗rinishdagi sikl operatoridan foydalanilganda sikldan chiqishni programmachining o‗zi ta‘minlashi kerak, yani takrorlanuvchi operatorlar tarkibida shunday operator bo‗lishi kerakki, u shartga ta‘sir etsin. Quyidagi misol 10 dan 1 gacha bo‗lgan butun sonlarning kvadratini chop etadi: package kvadrat; public class Kvadrat { public static void main(String[] args) { int n=10; while (n>0){ System.out.println(n+" kvadrati= "+n*n); n--; } } } Programmaning natijasi 10 kvadrati= 100 9 kvadrati = 81 8 kvadrati = 64 7 kvadrati = 49 6 kvadrati = 36 5 kvadrati = 25 4 kvadrati = 16 3 kvadrati = 9 2 kvadrati = 4 1 kvadrati = 1 ko‗rinishda bo‗ladi. Quyidagi programma ikki sonning o‗rta arifmetik qiymatini hisoblaydi: public class Ikki_son { public static void main(String[] args) { int n=10,m=20; 53 while (++n<--m); System.out.println("Ikki sonning o‗rta arifmetik qiymati ="+n); } } Programmaning natijasi Ikki sonning o‗rta arifmetigi=15 ko‗rinishda bo‗ladi. Quyida massiv elementlarining yig‗indisini topish programmasi keltirilgan: public class Main { public static void main(String[] args) { int i,n; double s=0; double A[]={2,5,6,-7,10,9,12,4,25,1}; n=10;i=0; while (i } System.out.println("s="+s); }} Massiv elementlarining ko‗paytmasini topish uchun yuqoridagi programmada s=0 ni s=1 ga va s+=A[i] ni s*=A[i] ga almashtirish yetarli. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling