Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
break operatori.
Java tilida break operatoridan uch xil maqsadda foydalanish mumkin. Switch blokidan chiqishda; Sikl operatoridan chiqishda; Goto o‗rnida qo‗llashda. Birinchi holat bilan yuqoridagi bo‗limlarda tanishdik. Siklda bu operatorning ta‘sirini ko‗rish uchun quyidagi programmani tahlil qilaylik: public class Main { public static void main(String[] args) { int i; for (i=1; i<=10; i++) { System.out.println("i=" + i); If (i==5) break; } System.out.println("Sikl yakunlandi"); } } Bu programma bajarilganda i=1 i=2 i=3 i=4 i=5 Sikl yakunlandi ko‗rinishdagi natijani chop etadi. Sikl 10 marta takrorlanishiga qaramasdan, i ning qiymati 5 ga teng bo‗lishi bilan sikl operatori yakunlanadi, ya‘ni break operatori ishlaydi va siklni yakunlaydi. break operatorini boshqa sikl operatorlariga ham qo‗llash mumkin. Yuqoridagi programmani quyidagicha yozsak ham, natija bir xil bo‗ladi: public class Main { public static void main(String[] args) { 64 int i=1; while ( i<=10){ System.out.println("i=" + i); If (i==5) break; i++; } System.out.println("Sikl yakunlandi"); } } Ichma-ich joylashgan sikl operatorlarida break qaysi blokda turgan bo‗lsa,, u shu blokdan chiqishni ta‘minlaydi. Ichki sikldagi break tashqi siklning takrorlanishiga ta‘sir etmaydi. Masalan, public class Main { public static void main(String[] args) { int i, j; for (i=0; i<3; i++) { System.out.print("i=" + i+": "); for (j=0; j<10; j++) { System.out.print( j+" "); if(j==5) break ; } System.out.println(); } }} programmaning natijasi i=0: 0 1 2 3 4 5 i=1: 0 1 2 3 4 5 i=2: 0 1 2 3 4 5 ko‗rinishda bo‗ladi, ya‘ni ichki sikldagi break tashqi siklga ta‘sir etmaydi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling