Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

System.out.println(""); 
so‗zlar kombinatsiyasini yozmoqchisiz. Buning o‗rniga sout so‗zini yozib 
Tab klavishini bosing. Natijada, sout o‗rnida System.out.println(""); hosil 
bo‗ladi. Bu almashtirishlar ro‗yxatini ko‗rish uchun NetBeans da (1.6-rasm) 
Help menusini oching va undan Keyboard Shortcuts Card buyrug‗ini 
tanlang. Natijada kerakli ro‗yxat ochiladi. Ulardan ayrimlari 4.2-jadvalda 
keltirilgan. 
4.2-jadval. 
Qisqa 
yozilishi 
To‗liq ko‗rinishi 
Qisqa 
yozilishi 
To‗liq ko‗rinishi 
ab
abstract 
db
double 
as
assert true; 
df
default: 
bcom
/**/ 
dowhile 
do {} while 
(condition); 
bo
boolean 
eq 
equals 
br
break; 
ex 
extends 
ca
catch ( 
fa 
false 
cl
class 
fi 
final 
cn
continue 
fl
Float 
fori
for (int = 0; i < arr.length; 
i++) {} 
sh
short 
ifelse
if (condition){}else {} 
sout
System.out.println 
("|"); 
fy
finally{ |} 
sw
switch (var) { case 
val: break; default: 
throw new 
AssertionError();} 
iff
if (exp) {} 
wh
while ( 
le
length 
oup
out.print("|") 
pr
private 
oupl
out.println("|") 
pu
public 
re
return 
Qiymat berish operatori. 
Qiymat berish operatorining ko‗rinishi quyidagicha:
O‘zgaruvchi=ifoda; 
Bu operator bajarilganda, ifodaning qiymati oldin hisoblanadi va hosil 
bo‗lgan qiymat o‗zgaruvchiga taqdim etiladi. Masalan, 
int a, b, c; 


25 
a=2; b=3; c=a+b; //o‗zgaruvchi c ning qiymati 5 ga teng. 
Programmaning bu qismini Java tilida quyidagicha ham yozish mumkin: 
int a=2, b=3, c=a+b;
Programmaning quyidagi qismiga va natijalarga e‘tibor bering: 
int a=13, b=5, c1, c2, c3, c4, c5; 
c1=a+b;//c1=18. 
c2=a-b;//c2=8. 
c3=a*b;//c3=65. 
c4=a/b;//c4=2. 
c5=a%b;//c5=3. 
double x, y=14.25; 
x=y%10;//x=4.25. 
Java da a=a+b; a=a-b; a=a*b; a=a/b; a=a%b; ko‗rinishdagi operatorlarni
quyidagicha yozish mumkin: 
a+=b; a-=b; a*=b; a/=b; a%=b;
Masalan, 
int a=1, b=2, c=3, d=20, m=23; 
a+=4;//a=5 
b-=6;//b=-4 
c*=a+b;//c=3 
d/=5;//d=4 
m%=d;//m=3 
Bu ko‗rinishdagi amallarga tarkibli qiymat berish operatorlari deyiladi. 
Bu amallarni qo‗llash programmaning hajmini kamaytirish bilan birga 
kompilyatsiya jarayonini tezlashtiradi.
Java tilida a=a+1 va a=a-1 ko‗rinishidagi operatorlarni yozish uchun 
alohida amallar kiritilgan. Ularni maxsus amallar ++ (inkrement) va 
-- (dekrement) amallari deb atashadi. Inkrement o‗zgaruvchining qiymatini 
bittaga oshirsa, dekrement bittaga kamaytiradi. Masalan, 
int a=10, b=1, c=5, d=6; 
a++; //a=11 
++b; //b=2 
c--; //c=4 
--d; //d=5 
double x=2; 
x++; //x=3.0 
Bu buyruqlar alohida kelganda, ++(--) ning o‗zgaruvchidan oldin yoki 
keyin kelishining ahamiyati yo‗q. Ammo, ular murakkab ifodalarning 
tarkibida ishtirok etganda, natijaga ta‘sir qiladi. Quyida shu haqda fikr 
yuritamiz.


26 
Bu ikki amal ifoda tarkibida ishtirok etganda, ifodaning qiymati amalning 
operandadan oldin (++a) yoki keyin (a++) kelishiga bog‗liq. Masalan,
a=5; 
b=++a; 
bu holda b ning qiymati 6 ga teng, ya‘ni oldin amal bajariladi va keyin 
operator bajariladi. Demak, b=++a; formula 
a=a+1;// a=6 
b=a; // b=6 
ga ekvivalent. Agar formula
b=a++;
ko‗rinishda bo‗lsa,, bu formula 
b=a; // b=5 
a=a+1; // a=6
formulalarga ekvivalent, ya‘ni bu holda oldin qiymat berish operatori keyin 
esa qo‗shish amali bajariladi.
1-Misol. 
int a=10, c; 
c=++a+a++; //c=22 
Bu operatorda amallarning bajarilish ketma-ketligi quyidagicha: 
1.++a; //a=11 
2.c=a+a; // c=22 
3.a=a+1; // a=12 
2-Misol. 
int a=10, b=10, c; 
c=++a+b++; //c=21 
Bu operatorda amallarning bajarilish ketma-ketligi quyidagicha: 
1.++a; //a=11 
2.c=a+b; // c=21 
3.b=b+1; // b=11 
Dekrement (--) amali ham yuqoridagi qoida bo‗yicha bajariladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling