30
formatda chop etiladi. Bu yerda sonning butun qismi bitta raqam (x), kasr
qismida oltita raqam (dddddd), e harfi (10 ga ko‗paytirilgan, degan ma‘noni
anglatadi), tartibning ishorasi (+/-) va tartibida ikkita raqam (yy) ko‗rinishda
chop etiladi. Masalan,
Formatter ff1=new Formatter();
d=-234.45;
ff1.format("%e", d);
System.out.println("d="+ff1);
programmaning qismi
natijasida
d=-2.344500e+02
ko‗rinishda chop etadi. Agar ff1.format("%E", d); ko‗rinishda tanlansa natija
d=-2.344500YE+02
shaklda bo‗ladi.
O‗nlik sanoq sistemasidagi butun sonlarni 16 lik yoki 8 lik sanoq sistemasida
chop etish mumkin. Masalan,
ss.format(("16 lik: %x, 8 lik: %o", 196,196);
ko‗rinishdagi formatning natijasi
16 lik: c4, 8 lik: 304
ko‗rinishda bo‗ladi.
%n va %% spetsifikatorlari.
Agar formatda %n ko‗rinishidagi spetsifikator uchrasa, undan keyingi barcha
ma‘lumotlar yangi satrdan chop etiladi. %% ko‗rinishdagi spetsifikator uchragan
joyda bitta % belgisi chop etiladi. Masalan,
Formatter ff=new Formatter();
ff.format("Diskni formatlash %n %d%% ga bajarildi.",20);
System.out.println(ff);
programma natijasi
Diskni formatlash
20% ga bajarildi.
ko‗rinishda bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: