Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Ma’lumotlarni kiritish operatori


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

Ma’lumotlarni kiritish operatori. 
Yuqorida biz Formatter klassi bilan tanishdik va uning yordamida formatli 
chop etish usullarini ko‗rdik. Bu klassning print yoki println usullaridan farqi 
shundaki, Formatter da ma‘lumotlar qaysi formatda bo‗lsa, shu formatda chop 
etiladi, ya‘ni butun son formatidagi son butun formatda, haqiqiy son haqiqiy son 
formatida va h.k. print yoki println da esa barcha formatdagi ma‘lumotlar oldin 
matnga o‗tkaziladi va keyin chop etiladi. 
Formatter klassiga qo‗shimcha klasslardan biri Scanner klassidir. Bu klass 
ma‘lumotlar qaysi formatda bo‗lsa, shu formatda o‗qish (xotiraga kiritish) 
imkonini beradi. Ma‘lumotlar oqimi (ketma-ketligi) faylda ham bo‗lishi mumkin. 
Xuddi shuningdek, ma‘lumotlarni klaviatura orqali (konsol) ham o‗qish imkoni 
mavjud. Ma‘lumotlarni Scanner orqali o‗qish uchun Scanner ni hosil qilish 
kerak. Masalan, quyidagi Scanner 
Scanner ss=new Scanner(System.in); 
standart kiritish qurilmasi (klaviatura)ni bildiradi. Klaviaturadan Scanner 
yordamida butun sonlarni, o‗nli kasr ko‗rinishidagi sonlarni (haqiqiy sonlar), 
matnlarni kiritish va bu qiymatlarni mos turdagi o‗zgaruvchilarga taqdim etish 
uchun quyidagi metodlar qo‗llanadi. 
nextInt()-int turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; 
nextShort()-short turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; 
nextLong()-long turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; 
nextByte()-byte turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; 
nextFloat()-float turidagi haqiqiy sonlarni o‗qish uchun; 
nextDouble()-double turidagi haqiqiy sonlarni o‗qish uchun; 
next()-ixtiyoriy turni matn sifatida o‗qish uchun. 
nextList()-satrlarni o‗qish uchun. 
Quyidagi programma bu metodlarning qo‗llanishiga doirdir: 
package vvod_scaner; 
import java.util.*; 
public class Main { 
public static void main(String[] args) { 
Scanner sc=new Scanner(System.in); 
int a,b; 
a=sc.nextInt(); 


33 
b=sc.nextInt(); 
System.out.println("a="+a); 
System.out.println("b="+b); 
float c; 
c=sc.nextFloat(); 
System.out.println("c="+c); 
double a1,b1; 
a1=sc.nextDouble(); 
b1=sc.nextDouble(); 
System.out.println("a1="+a1); 
System.out.println("b1="+b1); 
String s; 
s=sc.nextLine(); 
System.out.println("s="+s); 


Agar kiritiladigan barcha ma‘lumotlar bitta satrda yozilsa, ma‘lumotlar 
orasiga probel qo‗yish va oxirida Enter ni bosish kerak. Masalan, yuqoridagi 
programma uchun ma‘lumotlarni
1 2 3 4 5 Java programma 
ko‗rinishda kiritsak, natija 
a=1 
b=2 
c=3.0 
a1=4.0 
b1=5.0 
s= Java programma 
ko‗rinishda hosil bo‗ladi. Agar programmaning s=sc.nextLine(); satrini 
s=sc.next(); ga o‗zgartirsak va ma‘lumotlarni yuqoridagi ko‗rinishda kiritsak,
natija
a=1 
b=2 
c=3.0 
a1=4.0 
b1=5.0 
s= Java
ko‗rinishda bo‗ladi, chunki s ning qiymati sc.next() metodi yordamida 
o‗qilmoqda. Bu holda probel ma‘lumotlarni ajratish uchun xizmat qiladi. 
nextLine() metodi barcha qolgan ma‘lumotlarni bitta satr deb qabul qiladi. 
Yuqoridagi programma uchun ma‘lumotlarni alohida-alohida kiritish ham 


34 
mumkin (har biridan keyin Enter ni bosib). U holda, kiritilayotgan ma‘lumotlar va 
natija quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi. 


a=1 
b=2 

c=3.0 


a1=4.0 
b1=5.0 
Java programma 
s=Java 
Scanner ga tegishli ma‘lumotlarni yana ham to‗liqroq [1] dan olish mumkin. 
5. Chiziqli jarayonlarning algoritmlari. 
Chiziqli jarayonlar deb, shartlarga va takrorlanish holatlariga bog‗liq 
bo‗lmagan hisoblash jarayonlariga aytiladi. Bu sohadagi biror masalani yechish 
ketma-ket keladigan oddiy matematik (umuman shart emas) hisoblashlardan 
iborat bo‗ladi. Masalan, to‗g‗ri to‗rtburchakning yuzasini topish, tezlikni 
hisoblash, ixtiyoriy uchburchakning yuzasini Geron formulasi bo‗yicha hisoblash 
va h.k. Bu turdagi masalalar har sohada mavjud bo‗lib ular cheksiz ko‗pdir. 
Umuman programmalashni o‗rganish chiziqli jarayonlarga tegishli bo‗lgan misol 
va masalalarni yechishdan boshlanadi. Har bir malakali (professional) 
programmachi ham ishni chiziqli jarayonlarning programmasini tuzishdan 
boshlagan.
Chiziqli jarayonlarga doir bir qator matematik modellarni (formulalarni) 
ko‗raylik. 
1. To‗g‗ri to‗rtburchakning yuzini topish formulasi. 
S=a×b 
2. Tezlikni topish formulasi. 
V=s/t 
3. Silindrning hajmi. 
V=πr
2

4. Ixtiyoriy uchburchakning yuzi. 
p=(a+b+c)/2; s=
5. Ixtiyoriy ifodaning qiymatini hisoblash 
S=(x+y+1)
2
+(x-y-1)

Yuqorida keltirilgan formulalar (matematik modellar) bo‗yicha hisoblashda = 
belgisining o‗ng tomonida turgan o‗zgaruvchilarning qiymati ma‘lum bo‗lganda = 


35 
ning chap tarafida turgan o‗zgaruvchilarning qiymatini topish mumkin. 
Programmalashtirishda odatda = ning o‗ng tarafida turgan o‗zgaruvchilarni 
boshlang‗ich ma‘lumotlar, = ning chap tarafida turgan o‗zgaruvchining qiymatiga 
natija deb ataladi. Bulardan tashqari, oraliq qiymatlar (natijalar) ham bo‗lishi 
mumkin. Qiymati vaqtincha kerak bo‗ladigan o‗zgaruvchilarga oraliq qiymatlar 
(natijalar) deyiladi. To‗rtinchi misolda yarim perimetr p oraliq natijadir. Bu 
o‗zgaruvchining qiymati boshlag‗ich ma‘lumot ham emas, xuddi shuningdek
natija ham emas. Programmalashtirishda oraliq o‗zgaruvchilar juda ko‗p 
qo‗llaniladi.
Biz bilgan klassik usulda, ya‘ni matematik usulda berilgan masalani yechish 
uchun formula bo‗yicha qo‗lda hisoblashlarni amalga oshirish kerak. Bu juda 
ko‗p vaqni talab etadi. Faraz qilaylik, 100 ta uchburchakning yuzini Geron 
formulasi bo‗yicha hisoblamoqchisiz. O‗ylab ko‗ring, buning uchun qancha vaqt 
sarflanadi. Shunday masalalar mavjudki, ularni yechish uchun bir insonning umri 
yetmasligi mumkin. Shuning uchun ham, bu hisoblashlar kompyuterning 
zimmasiga yuklatiladi. Ammo, kompyuter hisoblashi uchun berilgan masalani 
yechish algoritmini tuzishni bilish kerak. Agar algoritm biror-bir programmalash 
tilida yozilgan bo‗lsa, va programma kompyuter xotirasiga kiritilsa, kompyuter 
barcha hisoblashlarni juda katta tezlikda bajaradi. Sizning qimmatli vaqtingiz 
tejaladi. Shuning uchun ham programmalashtirishda algoritm muhim ahamiyatga 
ega. 
Algoritmni yozgan kishi algoritm yaratuvchisi, algoritmni ijro etuvchiga 
(bajaruvchiga) esa algoritm ijrochisi deyiladi. Algoritmni ijro etish algoritm 
yaratuvchisiga bog‗liq emas. Shuning uchun ham, algoritm ijro etish kompyuter 
zimmasiga yuklatiladi. Hozirgi paytda juda ko‗p klassik masalalarning 
algoritmlari oldindan tuzilib, kompyuter xotirasiga kiritilgan. Excel, Matcad
Matlab va boshqa paketlar bunga misol bo‗ladi. 
Demak, algoritm deganda, ma‘lum qoida asosida bajariladigan buyruqlar 
ketma-ketligiga aytiladi. Algoritmlar haqida to‗liq ma‘lumot [3] da keltirilgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling