Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
Shartli operator.
Java tilida shartli operatorning umumiy ko‗rinishi quyidagicha: if (shart) operator1; else operator2 ; Bu operator bajarilganda, qavs ichidagi shart tekshiriladi. Agar shartning qiymati rost (true) bo‗lsa, operator1 bajariladi, aks holda operator2. Masalan, if (x<0) a=1; else a=2; Agar shart bajarilganda yoki aksincha bo‗lganda, bir paytda bir nechta operator bajarilishi kerak bo‗lsa, operatorlar {} ichiga yoziladi. Masalan, if (x<0) a=1; else a=2; if (x<0) b=3; else b=4; if (x<0) c=5; else c=6; operatorlarni quyidagicha yozish mumkin: if (x<0) { a=1; b=3; c=5; } else { a=2; b=4; c=6; } Shartli operatorni qisqa formada ham ishlatish mumkin, ya‘ni if (shart) operator1; ko‗rinishda. Bu holda shart bajarilgandagina operator1 bajariladi. Masalan, s=max{a,b} ni ikki xil ko‗rinishda yozish mumkin. 1. if (aelse s=a; 44 2. s=a; if (sQuyida 6.1-rasmda keltirilgan kvadrat tenglama algoritmining programmasini keltiramiz: package kv_teng; public class Main { public static void main(String[] args) { double a, b, c, d, x1, x2; a = 1; b = 2; c = -3; d = b * b - 4 * a * c; if (d < 0) { System.out.println("Yechim yo‗q"); } else { x1 = (-b + Math.sqrt(d)) / (2 * a); x2 = (-b - Math.sqrt(d)) / (2 * a); System.out.println("x1=" + x1); System.out.println("x2=" + x2); } } } Programma ishlaganda x1=1.0 x2=-3.0 hosil bo‗ladi. Tenglamaning koeffitsiyentlarini o‗zgartirib, turli kvadrat tenglamalarni yechish mumkin. Shartli operatorning tarkibida yana shartli operator bo‗lishi mumkin. Bunday operatorlarga ichma-ich joylashgan operatorlar, deyiladi. Masalan, If (shart1){ If (shart2) operator1; else operator2; } else operator3; Masalan, s=min{a,b,c} uchun ichma-ich joylashgan shartli operatorlarni quyidagicha yozish mumkin: if (aif (a } 45 else { if (b } Yuqoridagi ichma-ichlikni ketma-ketlikka keltirish ham mumkin: s=a;//Hozircha a eng kichik if (s>b) s=b; //Hozircha s birinchi ikkitasining kichigi if (s>c) s=c; // s eng kichigi Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling