Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
? amali. Java da shartli operatorning xususiy holi sifatida ? amali kiritilgan. Uning ko‗rinishi quyidagicha: Mantiqiy ifoda ? ifoda1 : ifoda2; Bu amal quyidagicha ishlaydi: Mantiqiy ifoda ning qiymati tekshiriladi. Agar u rost bo‗lsa, bu amalning natijasi ifoda1 ning qiymatiga teng bo‗ladi, aks holda ifoda2 ning. Masalan, s= x<0 ? a+1 : a-1; Agar x<0 bo‗lsa, s ning qiymati a+1 ifodaning qiymatiga, aks holda a-1 ifodaning qiymatiga teng bo‗ladi. Ikki sonning maksimumini topishni bu amal yordamida quyidagicha yozish mumkin: s= aBu amaldan foydalanish juda ko‗p qulayliklar tug‗diradi. Tanlash operatori (switch). Amaliyotda shunday misollar uchraydiki, ularning natijasi bir nechta ichma-ich joylashgan shartlarni tekshirish natijasida hosil bo‗ladi. Bularni umumiy ko‗rinishda quyidagicha yozish mumkin: if (shart) operator; else if (shart) operator; else if (shart) operator; . . else operator; Bu operatorlar yuqoridan pastga qarab bajariladi. Qaysi bir shart bajarilsa, unga mos operator bajariladi va keyingi shartlar tekshirilmaydi. Birorta ham shart bajarilmagan holda, oxirgi else dan keyingi operator 46 bajariladi. Quyida biror tanlangan oyning qaysi faslga tegishliligini aniqlaydigan programma keltirilgan. public class Oy { public static void main(String[] args) { int oy_n=6; String fasl; if (oy_n==12 || oy_n==1 || oy_n==2) fasl="Qish"; else if (oy_n==3 || oy_n==4 || oy_n==5) fasl="Bahor"; else if (oy_n==6 || oy_n==7 || oy_n==8) fasl="Yoz"; else if (oy_n==9 || oy_n==10 || oy_n==11) fasl="Kuz"; else fasl="yo‗q"; System.out.println("Bu " + fasl +" fasli."); } } oy_n o‗zgaruvchiga har xil qiymatlar berib, programmani bir necha bor sinab ko‗rish mumkin. Bu ko‗rinishdagi misollarni yechish uchun, ya‘ni ichma-ich joylashgan shartli operatorlarni soddaroq yozish uchun Java da maxsus tanlash (switch) operatori kiritilgan. Bu operatorning ko‗rinishi va ishlashi quyidagicha: 0>0> Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling