Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Takrorlanuvchi jarayonlar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
7. Takrorlanuvchi jarayonlar. Amaliyotda juda ko‗p masalalarni yechish takrorlanuvchi jarayonlarga mos keladi. Takrorlanuvchi jarayonlar deb jarayonning ma‘lum bir qismi bir necha bor takrorlanadigan jarayonlarga aytiladi. Bu jarayonlarni ifodalovchi algoritmning ma‘lum bir qismi ko‗p marta takrorlanadi. Masalan, bir nechta sonlarning yig‗indisini, ko‗paytmasini, maksimumini, minimumini va h.k. topish takrorlanuvchi jarayonlarga misol bo‗ladi. Takrorlanuvchi jarayonlarning algoritmining blok-sxemasini shartli bloklar yordamida ham keltirib chiqarish mumkin. Takrorlanuvchi jarayonlar algoritmini yozishda jarayonning parametri (biror o‗zgaruvchi) muhim rol 50 o‗ynaydi. Jarayonda parametrning boshlang‗ich va oxirgi qiymati, parametrning o‗zgarish qadami jarayonni boshqaradi. Quyida ko‗rinishdagi yig‗indini hisoblash algoritmining blok-sxemasini keltiramiz. Bu yig‗indi qaysidir ma‘noda umumiy ko‗rinishga ega. Misolda f(i) ni o‗rniga har xil i ga bog‗liq ifodalar yozib, turli tuman yig‗indilarni hosil qilishimiz mumkin. Masalan. f(i)=i tanlasak, s=1+2+3+…+n sonlarning yig‗indisi, f(i)=1/i tanlasak, s=1/1+1/2+1/3+…+1/n sonlarning yig‗indisi, f(i)= i 2 tanlasak, s=1 2 +2 2 +3 2 +…+n 2 sonlarning yig‗indisi va h.z hosil bo‗ladi. Demak, yuqoridagi formula qaysidir ma‘noda model bo‗lib, undan shu klassga doir misollarni keltirib chiqarish mumkin ekan. Agar biz bu modelga algoritm tuza olsak, bu algoritm algoritmik model bo‗ladi. Algoritmik modelda mos almashtirishlar qilib aniq berilgan misolning algoritmini keltirib chiqarish mumkin. Bu algoritmik modelda i parametr sifatida butun qiymat qabul qiluvchi o‗zgaruvchi olingan. Uning boshlang‗ich qiymati 1 ga, oxirgi qiymati n ga va o‗zgarish qadami birga teng. Bu qiymatlar takrorlanish jarayonini nazorat qilish uchun kerak bo‗ladigan qiymatlardir. Bu jarayon algoritminingg blok-sxemasi 7.1-rasmda keltirilgan. Bu blok-sxemada f(i)ni mos ifodalar bilan almashtirib, aniq misolning algoritmini keltirib chiqarish mumkin. Blok-sxemaning 1-, 2- va 3-bloklariga e‘tibor bering. Bu bloklar n ning qiymatiga qarab bir necha bor takrorlanadi. Takrorlanish jarayonida parametrning qiymati har qadamda tekshirib boriladi. Agar uning qiymati n dan oshib ketmasa s o‗zgaruvchida yig‗indi hosil bo‗lib boradi (2-blok). Parametr i ning qiymati har doim 1 ga oshib, o‗zgarib turadi (3-blok). Takrorlanuvchi jarayonlarning algoritmini yozish uchun Java tilida maxsus uchta sikl operatori mavjud. Keyingi bo‗limlarda bu operatorlar bilan tanishamiz. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling