Shifokor kelguncha:
1) yurakni tashqaridan bosib ishga tushirish, sun’iy nafas berish (I bobda berilgan). Dori darmonlar qo‘llash (I bobda berilgan);
2) defibrillatsiya o‘tkazish (I bobda berilgan);
3) gospitalizatsiya qilinayotganda qon bosimi, pulsi, nafasi nazorat qilib turilishi lozim.
Yuqorilardan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bizga berilgan vaziyatda elektr tokidan jabrlangan fuqaroni tokdan ajratish va shifokor kelguncha agar dori-darmon topilmasa bemor nam joyga yotqizilib, choyshab bilan o‘raladi. Yurakni tashqi tomondan bosib ishga tushirish, sun‘iy nafas berish ishlari olib boriladi. Shuni yodda tutushimiz lozimki tok urishining yengil, o‘rta darajalarida shok, koma, laringospazm boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |