Ўзбекистон республикаси
AUSKULTATSIYA - ESHITISH (AUSCULTO)
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
AUSKULTATSIYA - ESHITISH (AUSCULTO)
Auskultatsiya - tanada mustaqil tabiiy hosil bo'ladigan tovushlarni eshitish bo'lib, u bevosita va bilvosita bajarilishi mumkin. Eshitish fransuz vrachi RENE LAENNEK tomonidan yozilgan va vrachlik amaliyotiga kiritilgan. (1816-1819). Birinchi stetoskopni ham u yaratgan. U o'pkadagi eshitish fenomenlarining hammasini yozgan (vezikulyar nafas, bronxial nafas, g'ichirlash, shovkinlar). Klinikada eshitishning rivojlanib borishi stetoskopning takomillashib borishi bilan bog'liq. P.Piorri, F.G.Yanovskiy bimanural stetoskop yaratishdi (1824), so'ngra N.F.Filatov fonendoskop yaratdi. Keyinchalik eshitishning rivojlanib borishi tovushlarni yozib olish usuli (fonografiya) yaratilishi bilan bog'liq bo'ldi. (1894 y. V.Eyntxoven). Bevosita eshitganda yurak tovushlari, bronxial nafas yaxshi eshitiladi, bu tovushlar o'zgarmagan holda yetib keladi. Bilvosita eshitganda (stetoskop, fonendoskop orqali) tovushlar o'zgaradi, lekin tovushlar aralashib ketmaydi va har bir tovush alohida eshitiladi. Bunda juda sust tovushlarni ham eshitishimiz mumkin. Stetoskop bilan fonendoskop o'rtasida bir oz fark bo'lib, keyingisi membranali kuchaytirishga ega. Auskultatsiya nafas va yurak-qon tomirlari sistemasifaoliyatini baholashda hamda arterial bosimni o'lchashda asosiy tekshiruv usullardan biridir. Eshitish ma'lum tartibda olib boriladi. Xonada jimjit va iliq bo'lishi kerak. Bemor qulay vaziyatda o'tirgan yoki turgan, og'ir bemorlar esa yotgan holatda eshitiladi. Eshitayotgan vaqtda stetoskopni tanaga zich qo'yish kerak. Vrach, eshitish maqsadiga muvofiq, bemorning vaziyatini o'zgartirishi mumkin. Eshitishda yana bir talabga rioya qilish zarur, u ham bo'lsa bemorni bitta fonondoskopda, ya'ni o'zi o'rgangan fonedoskopda eshitish hisoblanadi. Buni tajribali vrachlar yaxshi biladilar. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling