Hosilni yig„ish. Dastlab barglar KIR –1,5B, UBD –3A mashinalari yordamida o‗riladi. Keyin
SNU –3S, SNSH –4, SNS –2M rusumli kovlagichlar bilan yig‗ib olinadi. Hosil qo‗l bilan terib
uyumlanadi. Hosilni yig‗ishda kartoshka kovlaydigan kombaynlardan foydalanish mumkin. Xashaki
sabzi qatlamlari orasiga qum solib saqlash eng yaxshi natija beradi.
Ko‗pincha sabzini saqlash uchun eni 50 –60 sm, chuqurligi 70 –80 sm o‗ralardan foydalaniladi.
Maxsus omborlarda saqlansa, harorat 1 –20S, havoning nisbiy namligi 90 –95% bo‗lishi ta‘minlanadi.
Bu usulda ildizmevalar eng yaxshi saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |