Hosilni yig„ishtirish va oldindan tayyorlash. Barglarining sarg‗ayishi va qizarishi hamda
monand yiriklikda bo‗lishi sabzining yetilganini bildiradigan belgilardir. Sabzavotkorlar sabzi
saqlash muddatini uzaytirish maqsadida dastlabki kuz sovug‗i tushganidan keyin hosilni
yig‗ishtirishga tushishadi. Lekin tuproq muzlagunicha sabzi kovlashga yo‗l qo‗yishmaydi. Sabzi
bargi bilan uyumga to‗planadi va shu joyning o‗zida bargi kesiladi, xillanadi va quritib olinadi.
Qishda saqlash uchun hech qanday nuqsonsiz, yirik va o‗rtacha kattalikdagi sabzilar qoldiriladi.
Mayda, cho‗ziq, kesilgan, yorilganlari brakka chiqariladi. Sabzini oftobda uzoq tutish yoki
quritish ma‘qul ko‗rilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |