Zbekiston respublikasi
-mavzu: O‘zbekistonning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi(2 soat)
Download 1.96 Mb.
|
04 09 2019 ЎзИИГЯнги мажмуа лотинча4 курс
5-mavzu: O‘zbekistonning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi(2 soat).
R e j a: 1. Ijtimoiy sohalar orasidagi savdo, pullik xizmatlar. 2. Ta’lim tizimi. 3. Sog‘liqni saqlash tizimi. 4. Rekreatsiya va turizm sohalari. Tayanch so‘zlar: Ijtimoiy soha, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash tizimi, rekreatsiya, ijtimoiy infratuzilma, moliyaviy xizmatlar, xususiy tadbirkorlar, chakana savdo, savdo aylanmasi, turizm, sanatoriya-profilaktoriylar, agroturizm va ekoturizm. 1. Ijtimoiy sohalar orasidagi savdo, pullik xizmatlar.Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish o‘zaro bog‘liq, uyg‘unlashgan bo‘lib, uning mazmun-mohiyatini alohida, ajrim holda talqin qilib bo‘lmaydi. Har qanday iqtisodiy rivojlanish pirovard maqsadida ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlaydi. 1996 yildan boshlab har bir yili o‘zgacha nom berish, shunga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish aksariyat hollarda bevosita ijtimoiy sohalarga bag‘ishlangan. 2018 yil “ Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” deb e’lon qilindi va bu yilda ham belgilangan masalalarni amalga oshirish uchun Davlat dasturi qabul qilindi. Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot rekreatsiya va turizm bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi ularni o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarzda, ijtimoiy masalalarga ustuvorlik bergan holda, rivojlantirishni nazarda tutadi. SHu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlar (savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turli xil xizmatlar va boshqalar) bilan ijtimoiy infratuzilma o‘rtasidagi farqlarni unutmaslik kerak. Infratuzilma, ya’ni ichki tuzilma ijtimoiy sohalar rivojlanishi va hududiy tashkil etishning negizi, asosi, fundamenti hisoblanadi, biroq ijtimoiy sohalar bilan ma’nodosh emas. Sababi, infratuzilma bevosita moddiy va ma’naviy boylik yaratmaydi, balki ular uchun sharoit muhayyo qiladi. Ijtimoiy sohalar orasida savdo, pullik xizmatlar muhim o‘rin tutadi. O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati katta va bu ko‘rsatkichlar tobora o‘sib bormoqda. Masalan, 2010 yil yakunlari bo‘yicha pullik xizmatlarda kichik biznesning ulushi 47,7 %, savdoda 50,5 %. 1.1. CHakana savdo tovar aylanmasi o‘rtacha yiliga nisbatan 114,7 foizga o‘sgan bo‘lib, uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 48,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 51,2 foizni tashkil qiladi. Jami chakana savdo aylanmasining 56,5 foizi bozorlar orqali amalga oshirilgan, uning 22,3 foizini buyumlar savdosi, 34,2 foizini oziq-ovqat, ya’ni dehqon bozorlari ta’minlaydi. Sotiladigan tovarlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlaridan un, non va non mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetakchilik qilsa, nooziq-ovqat mahsulotlari ichida engil mashinalarni sotish oldinda turadi. 2005 yilda aholiga 38,7 ming dona turli rusmdagi engil mashinalar sotilgan bo‘lsa, 2015 yilda bu raqam 70,5 ming donaga etgan, 2016 yilda esa sotilgan avtomobillar soni yanada oshgan. Jumladan, O‘zbekistonda 2010 yilda pullik xizmatlar hajmi 13,4 foizga ko‘paygan va bu borada MDH da oldingi o‘rinlarda turgan (Rossiyada – 1,4 %). Respublikaning bu boradagi ko‘rsatkichi 1990 yilga nisbatan 1,8 martaga oshgan. Turli xil xizmatlar yalpi ichki mahsulotning ancha katta qismini ta’minlaydi (2016 yilda 52,0 %). Pullik xizmatlarning deyarli 2/3 qismini rasmiy sektor bajaradi, qolgan qismi yakka tartibdagi tadbirkorlarga to‘g‘ri keladi. Xizmatlar tarkibida eng avvalo transport xizmatlari ajralib turadi. Ularni jami xizmatlardagi ulushi 31,6 %. Keyingi o‘rinlarda savdo va ovqatlanish (18,2 %), kommunal xizmatlar (12,0 %) turadi. SHuningdek, moliyaviy xizmatlarning o‘rni ham biroz kattaroq. Maishiy xizmatlarning asosiy qismini xususiy tadbirkorlar bajarishadi. 1-jadval ma’lumotlari chakana savdo va pullik xizmatlarning hududiy tarkibini aks ettiradi. Bu boradagi geografik farqlar avvalombor mintaqalarning demografik salohiyati bilan bog‘liq. SHu bilan birga qayd etish joizki, chakana savdo aylanmasi va pullik xizmatlar hajmida poytaxt – Toshkent shahrining hissasi katta – mos ravishda, 28,5 va 35,5 %. Bu bejiz emas, albatta. Sababi, Toshkent - respublikamizning yirik savdo markazi ham hisoblanadi. Bu erda nafaqat shahar va uning atrofini aholisi, balki boshqa viloyatlardan kelganlar ham o‘zlarining savdo-sotiq ishlarini olib boradilar. Toshkent shahrini hisobga olmaganda, mintaqalar orasidagi farq yoki geografiylik koeffitsienti 5,79 ga barobar bo‘lib, u Sirdaryo viloyatining 1,9 foizidan Toshkent viloyatining 11,0 foizigacha turlanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar pullik xizmatlarda yanada yuqoriroq, ya’ni 7,58 ga barobar (Toshkent shahrisiz). Biroq, keltirilgan tahlillar ko‘rilayotgan sohalar geografiyasining haqiqiy holatini, uning mohiyat va xususiyatini to‘liq izohlab bermaydi. Bu borada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlar va indekslar katta ahamiyatga ega. Jadval ma’lumotlariga qaraganda, 2015 yil respublika aholisi jon boshiga joriy narxda 880 ming so‘mdan chakana savdo aylanmasi to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 3 marta katta; Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida u 1,00 dan yuqori, qolganlarida esa past. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida savdo-sotiq birmuncha sust rivojlangan. 1-jadval O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida chakana savdo va pullik xizmatlar (2015 y.)
Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling