¡збекистон республикаси
Kam moyli Uzgichlarning afzalliklari quyidagilar
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kam moyli Uzgichlarning kamchiligi
- Sinov savollari
- Ma’ruza 15 Yuqori kuchlanishli Uzgichlar ( 2-mashg‘ulot) Havoli Uzgichlar
Kam moyli Uzgichlarning afzalliklari quyidagilar: moy miqdori ko‘p emas; og‘irligi nisbatan kichik, bakli Uzgichlarga qaraganda yoy o‘chiruvchi kontaktlarga borish ancha qulay; unifikatsiyalangan uzellarni ishlatish bilan turli kuchlanishlarga Uzgichlarning turli seriyalarini yaratish imkoni bor.
Kam moyli Uzgichlarning kamchiligi: portlash va yong‘in jihatdan xavfli (bakli Uzgichlarga qaraganda ancha kam bo‘lishiga qaramay); tez ta’sir etuvchi APV ni amalga oshirish mumkin emas; vaqt-vaqti bilan moyni nazorat qilish, kamini quyib to‘ldirish va yoy so‘ndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirish kerak, ichkaridagi tok transformatorlarini o‘rnatish qiyin, nisbatan uzish qobiliyati kichik. Kam moyli Uzgichlarning qo‘llanilish sohalari - 6, 10, 20, 35 va 110 kV li stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari, 6, 10 va 35 kV li komplekt taqsimlash qurilmalari hamda 35 va 110 kV li ochiq taqsimlash qurilmalari. Sinov savollari 1. YUqori kuchlanishli Uzgichlar deb kanday apparatlar aytaladi? 2. YUqori kuchlanishli Uzgichlarga kanday talablar qo‘yiladi? 3. YUqori kuchlanishli Uzgichlar kaysi parametrlar bilan xarakterlanadi? 4. Moyli bakli Uzgichlarda moy kanday vazifani bajaradi? 5. Kam moyli Uzgichni nimaga «tuvakchali» deb aytaladi? Ma’ruza 15 Yuqori kuchlanishli Uzgichlar ( 2-mashg‘ulot) Havoli Uzgichlar H avoli Uzgichlarda yoy siqilgan havo bilan so‘ndiriladi, tok o‘tkazuvchi qismlar bilan yoy so‘ndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materiallar bilan izolyasiyalanadi. Havoli Uzgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha bo‘lib, ular ning nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyasion oraliq hosil qilish usuli, yoy so‘ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog‘liq. Katta nominal toklarga mo‘ljallangan Uzgichlarda(50-rasm, a, b) kam moyli MG va MGG lariga o‘xshash bosh va yoy so‘ndiruvchi kontur mavjud. Uzgich ulangan holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 bo‘yicha uzadi. Uzgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi bo‘lib uziladi, bundan so‘ng tok kamera 2 ga joylashgan yoy so‘ndiruvchi kontaktlardan o‘tadi. Bu kontaktlarning uzilish vaqtida kameraga idish (rezervuar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni so‘ndiruvchi kuchli puflash hosil bo‘ladi. Puflash bo‘ylama (50-rasm, a) yoki ko‘ndalang (50-rasm, b) bo‘lishi mumkim. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyasion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo‘li bilan (50-rasm, b) yoki ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (50-rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 uzilgandan so‘ng kameraga siqilgan havo haydash to‘xtatilib, yoy so‘ndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan Uzgichlar ichki qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha bo‘lgan toklar (VVG seriyasi) ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Ochiq kurilmadagi Uzgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish bo‘lishi etarli hisoblanadi (50-rasm, e), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim bo‘ladi (50-rasm, g). Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li Uzgichda izolyasion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li va undan yuqori kuchlanishli Uzgichdalarda esa yoy so‘ndirilgandan keyin ajratgich 5 kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida siqilgan havo bilan to‘la bo‘ladi. Bunda siqilgan havo yoy so‘ndiruvchi kameraga berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. YUkorida ko‘rib chikilgan havo Uzgichlar kontaktlarning pastiga o‘rnatilgan aloxida sikilgan havo bakiga ega. Agarda kontakt tizimini erdan izolyasiya kilingan sikilgan havo kamerasiga o‘rnatilsa, yoyni so‘nishi ancha tez bo‘ladi (50-rasm, d). Bu erda Uzgich o‘chganda sikilgan havoning bakini bajaruvchi yoy so‘ndiruvchi kamera 2, puflash kanallar orkali tashki muxid bilan bog‘llangan, shuning uchun puflash xosil bo‘ladi va yoy so‘nadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling