¡збекистон республикаси


Download 2.32 Mb.
bet33/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

Sinxron Uzgichlar tokni nol orqali bevosita o‘tish oldidan kontaktlarni uzishga asoslangan. YUqorida ko‘rsatilganidek, bu holda yoyni so‘ndirish ancha osonlashadi, chunki yoyda ajraydigan energiya ancha kamayadi. Bunday Uzgichlarni yaratishning asosiy murakkabligi juda aniq sinxronlovchi qurilmaning talab etilishidir, u kontaktlarni ajratish uchun tok nol orqali o‘tishidan 0,0001-0,0002 s oldin impuls berishi kerak.
Sinxron Uzgichnint blok-sxemasi 52-rasmda ko‘rsatilgan. Sinxronlovchi qurilma 1 rele muhofazasi 2 ishga tushganidan so‘ng, uzish uchun blok 3 ga impuls beradi. Uzuvchi impuls Uzgich 5 ning ko‘zg‘aluvchan kontakti bilan bevosita bog‘langan yuritma 4 ga uzatiladi. YUritmaning bevosita kontaktlar bilan bog‘liqligi kontaktlarning tez ajrash imkoniyatini beradi, biroq, yuritmani izolyasiyalashni talab etadi, chunki u yuqori potensial ostida bo‘ladi.
Ayrim konstruksiyalarda kontaktlarning tez ajrashi poroxli patronning portlashi bilan ta’minlanadi, boshqalarida sinxronlovchi qurilma vakuumli Uzgich bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Tokning nol orqali birinchi marta o‘tishigacha zanjirni uzish, energotizimlarning dinamik turg‘unligini oshiradi, chunki qisqa tutashuv toklarining o‘tish vaqti kichik bo‘lib, tez uzish hisobiga shikastlash kamayadi. Sinxron Uzgichi kontaktlarining ishlash vaqti ortadi, chunki ular katta toklarni uzmaydi. Bu Uzgichlarning uzish qobiliyati ancha katta bo‘lishi mumkin.
Dunyo amaliyotida 500 kV kuchlanishgacha va uzish kuvvati 25000 MVA li havo sinxron Uzgichlari mavjud.
e) Avtomatik gaz (avtogaz) Uzgichlari
Avtogaz Uzgichlarida yoyni so‘ndirish uchun yoy so‘ndiruvchi kameraning gaz ishlab chiqaruvchi qattiq materialidan ajrayotgan gaz qo‘llaniladi. SHahar va sanoat korxonalarini elektr bilan ta’minlash tizimlarida, organik shishadan tayyorlangan vkladish (qo‘yilma) ga ega bo‘lgan oddiy yoy so‘ndiruvchi kamerali 6-10 kV ga mo‘ljallangan VN-16, VN-17 yuklama Uzgichlari keng qo‘llaniladi. Biroq bu Uzgichlar dinamik turg‘unlik tokiga teng q.t. tokiga ulanishi mumkin emas va nominal tokni nisbatan kam marta uzishga yo‘l qo‘yadi. Ularn ing o‘rniga 80 kA li q.t. toki (amplituda miqdori) ni ulash imkoniga ega bo‘lgan, φ = 0,7 bo‘lganda chegara toki 1000 A, kuchlanishi 6-10 kV, tok kuchi 630 A li VNTEM-10-630 Uzgichi ishlab chiqilgan. Bu Uzgich magnit puflovchi tirqishli kameraga ega. Tok uzilganda fibradan tayyorlangan qistirmalar hosil qilgan tirqishli kameraga yoy tortiladi. Fibradan chiqayotgan gaz yuqori bosim hosil qiladi va yoy so‘nadi. Bunday Uzgich remontsiz va almashtirilmasdan 500 ta VO operatsiyasini bajaradi.
PSN-35 saqlagichi asosida UPS-35U1 avtogaz Uzgich yaratilgan. 53-rasm, a da qutblardan birining umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Tayanch izolyatori 2 ichiga kontakt tizim va eruvchan quyma joylashtirilgan gaz generatsiyalovchi (gaz chiqaruvchi) trubkali patron mahkamlangan.
Uzish signali berilishi bilan prujinali yuritma ishga tushib, uchala qutb uchun umumiy bo‘lgan val izolyator - turtkilar 50-60 mm pastga suradi. Bunda kuch pichoq 6 orqali patron 9 ning tok o‘tkazuvchi bog‘lam-lari va kontakt tizim 8 ga uzatiladi (53-rasm, b). Qontakt tizim engil alyuminiy parchin mix (zaklyopka) larga ega, bular kontaktlarni yoqilgan holatda ushlab turadi. Pichoq 6 harakatidan hosil bo‘lgan kuch parchin mixlarni qirqish uchun etarli. Elastik bog‘lamlar ozod bo‘ladi hamda pichoqlar 6 tayanchga taqalguncha buriladi va bu bilan bog‘lamlarni tashqariga chiqaradi. Hosil bo‘ladigan elektr yoy bo‘ylama-ko‘ndalang gazli puflash bilan so‘ndiriladi.
E ruvchan qo‘yma eriganda Uzgich PSN saqlagich singari ishlaydi. Uzgichni ishga tushirish uchun eruvchan quyma va kontakt tizimni almashtirish zarur. Ko‘rib o‘tilgan Uzgich quvvati 6300 kVA va undan kichik bo‘lgan 35/6-10 transformatorli KTQ ning ochiq qismiga o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. U 50-130 A nominal tokka hisoblangan, uzish toki 1,6-2 kA.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling