¡збекистон республикаси
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
j) Elegazli Uzgichlar
Elegaz (SF6) yuqori yoy so‘ndirish xossalariga ega bo‘lib, ular yuqori kuchlanishli turli apparatlarda qo‘llaniladi. Elegazli yuklama Uzgichlari konstruksiyasy bo‘yicha ko‘proq Uzgichni eslatadi. Biroq, ularda tokni muvaffaqiyatli uzish uchun yoyni elegazda aylantiruvchi qurilma ko‘zda tutilgan (54-rasm). Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlarga ferritdan tayyorlangan o‘z-garmas magnitlar o‘rnatilgan, bu-lar qarama-qarshi yo‘nalgan magnit maydoni hosil qiladi. Kontaktlar uzilganda yoy hosil bo‘lib, o‘ning toki radial magnit maydon bilan o‘zaro ta’sirlashadi va natijada yoyni aylana elektrodlar bo‘yicha harakatlantiruvchi F kuch hosil bo‘ladi. YOyning elegazda aylanishi uning tez so‘nishiga yordam beradi. Uziladigan tok qancha katta bo‘lsa, yoyning aylanish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi, bu kontaktlarni kuyishdan saqlaydi. Bayon etilgan konstruksiyaning kontakt tizimi elegaz bilan to‘ldirilib, germetik yopilgan chinni korpus ichiga joylanadi. Kamera ichidagi bosim 0,3 MPa. Mumkin bo‘lgan silqishlar sodir bo‘lganda siqilgan elegaz ballonidan to‘ldirib turiladi. Elegazli Uzgichlarning o‘z afzalligi bo‘lib, yong‘in va portlashga xavfsizligi, tez ishga tushishi hamda uzish qobiliyatining yuqoriligi hisoblanadi. Elegazli Uzgichlar va boshqa apparatlar katta istiqbolga ega. Sinov savollari 1. Havoli Uzgichlarning tuzilishi nimaga bog‘liq? 2. Elektromagnit Uzgichlar nechta kontaktlarga ega? 3. Vakum Uzgichlarda kontaktlari qanday bajariladi? 4. Sinxron Uzgichlarda kontaktlar nimaga asoslanib uziladi? Ma’ruza 17 Yuqori kuchlanili ajratkichlar, uzgichlar va qisqa tutashtirgichlar Ajratkichlar bu kontaktli kommutatsion apparat bo‘lib, u toksiz va kichik tokli elektr zanjirlarni ulash yoki uzish uchun xizmat qiladi. Ajratkich xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uzilgan holatda kontaktlari orasida izolyasiya oralig‘iga ega bo‘ladi. Remont ishlari paytida remont uchun chiqarilgan apparatning tok o‘tkazuvchisi va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi kismlar orasidagi ajratgich tomonidan ko‘rinadigan uzilish hosil qilinadi. Ajratkichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki ajratkichlarning kontakt tizimi yoy so‘ndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning uchun yukklama toklarini noto‘g‘ri uzish hollarida turg‘un yoy hosil bo‘lib, bu hol fazalararo q.t. ga va ishlayotgan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi mumkin. Ajratkichni ishlatishdan oldin zanjir Uzgich yordamida uzilgan bo‘lishi kerak. Biroq elektroqurilmalarning sxemalarini soddalashtirish uchun quyidagi operatsiyalarni bajarishda ajratkichlarni ishlatish ruxsat etiladi: elektr tarmog‘ida erga tutashish bo‘lmasa, transformatorlarning neytrali va yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarini uzish va ulash; shinalarning zaryad tokini va hamma kuchlanishlardagi asbob-uskunalarni (kondensatorlarning batareyalaridan tashqari) uzish va ulash; 10 kV va undan kichik kuchlanishdagi 15A gacha bo‘lgan yuklama tokini ochiq joyga o‘rnatilgan uch qutbli ajratkich bilan uzish va ulash; agar ajratkich past omli parallel zanjir (shina ulagich yoki aylanib o‘tuvchi Uzgich bilan) bilan ishonchli shuntlangan bo‘lsa, u bilan operatsiyalarni bajarishga ruxsat etiladi; ajratkich va uzgichlar yordamida kuch transformatorlarining kichik magnitlovchi tokini hamda havo va kabel liniyalarining zaryadlovchi tokini uzish va ulash mumkin. Ajratkich uzadigan tok uning konstruksiyasi (pichoqlarining gorizontal, vertikal joylashuvi) ga, qutblari orasidagi oraliqqa, qurilmaning nominal kuchlanishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun, bunday operatsiyalarga instruksiya va direktiv ko‘rsatmalar orqali ruxsat beriladi. Agar zanjirda ajratkich va uzgich bo‘lsa, u holda magnitlovchi tok va zaryad toklarini uzish va ulashda, shu operatsiyalarni tez bajaradigan prujinali yuritmaga ega bo‘lgan uzgichdan foydalanish lozim. Ajratkichlar elektroqurilmalarning sxemalarida muhim axamiyatga ega, ularning ishonchli ishlashiga qarab butun elektroqurilma ham ishonchli ishlaydi, shu sababli ularga kuyidagi talablar qo‘yiladi: havoda ko‘rinadigan uzilish hosil qilishi, bu holning elektr mustahkamligi maksimal impuls kuchlanishiga mos kelishi kerak; q.t. toklari oqib o‘tganida elektrodinamik va termik turg‘un bo‘lishi; o‘z-o‘zidan uzilib (o‘chib) qolmasligi eng noqulay ish sharoitlarida (muzlash, qor, shamol va shu kabilar) aniq uzish va ulash imkonini berishi lozim. Ajratkichlar qutblarining soniga qarab bir va uchqutbli, qurilma turiga qarab - ichki va tashqi qurilmalar uchun, konstruksiyasi bo‘yicha - kesuvchi, aylanma, g‘ildirovchi va osma tiplarda bo‘ladi. O‘rnatilish usuliga qarab pichoqlar vertikal va gorizontal joylashgan ajratkichlarga bo‘linadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling