¡збекистон республикаси


Qisqa tutashtirgichlar va uzgichlar


Download 2.32 Mb.
bet37/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

Qisqa tutashtirgichlar va uzgichlar
Qisqa tutashtirgich - bu kommutatsion apparat bo‘lib, elektr zanjirda sun’iy q.t. ni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Q isqa tutashtirgichlar ta’minlovchi liniyaning releli himoyasi ta’sirida sun’iy q.t. hosil qilingandan so‘ng shikastlangan transformatorni uzish uchun podstansiyalarning soddalashtirilgan sxemalari qo‘llaniladi.
35 kV li qurilmalarda qisqa tutashtirgichning ikki qutbi qo‘llanilib, ular ishga tushganda sun’iy ravishda ikki fazali q.t. hosil bo‘ladi. Neytrali erga tutashtirilgan qurilma (110 kV va undan yuqori) qisqa tutashtirgichning bir qutbi qo‘llaniladi (59-rasm). KZ-35 tipli qisqa tutashtirgichning konstruksiyasi 60-rasmda ko‘rsatilgan. Qisqa tutashtirgichlar yuritmasi, kuchlanish ostida bo‘lgan qo‘zg‘almas kontaktga erga tutashtirilgan pichoqning ulanishini ta’minlaydigan prujinaga ega. YUritmaning ishlashi uchun rele muhofazasidan impuls beriladi. Uzish qo‘lda bajariladi. Qisqa tutashtirgichni ulashda yoy hosil bo‘lishini va apparatning buzilishining oldini olish uchun, pichoqning katta tezlikda harakatlanishini ta’minlash kerak. Hozirgi konstruksiyalarda qisqa tutashtirgichni ulash vaqti 0,4-0,5 s ni tashkil etadi. Ulashni tezlatish uchun pichoqqa harakatning poroxli zaryadning portlash kuchini beradigan konstruksiyali qisqa tutashtirgichlar ham mavjud.
U zgich tashqi ko‘rinishi jihatidan ajratkichdan farq qilmaydi, lekin unda uzish uchun prujinali yuritmasi bor. Uzgichni ulash qo‘lda bajariladi. Uzgichlar, ajratkichlar singari, bir yoki ikki tomondan erga tutashtiruvchi pichoqlarga ega bo‘lishi mumkin. Mavjud OD konstruksiyalarning kamchiligi bo‘lib, ularni uzish vaqtining juda kattaligi hisoblanadi (0,5-1 s).
Uzgichlar toksizlangan zanjirni yoki transformatorning magnitlovchi tokini uzishi mumkin, biroq qisqa tutashtirgichning ishga tushishidan hosil bo‘lgan q.t. tokini uzgichlar uzishi mumkin emas, shu sababli OD va KZ boshqarish sxemalarida blokirovka mavjud bulib, u qisqa tutashtirgich zanjiri (51-rasm) ga o‘rnatilgan tok transformatori TT orqali tok o‘tganda uzgichni uzishiga imkon bermaydi.
Ochiq konstruksiyali uzgich va qisqa tutashtirgnchlar noqulay ob-havo sharoitlarida (sovuq, muzlash) etarli darajada ishonchli ishlamaidi. Ekspluatatsiya vaqtida ishlamay qolgan hollari ham kuzatiladi. Bu konstruksiyalar o‘rniga elegaz bilan to‘ldirilgan yopiq kamerada joylashgan kontakt tizimli uzgich va qisqa tashtirgichlar ishlab chiqarilgan.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling