¡збекистон республикаси
Tok transformatorlarining tuzilishi
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
Tok transformatorlarining tuzilishi
35 kV li ichki kurilmalar uchun tok transformatorlari quyma epoksid izolyasiyaga ega. Birlamchi chulg‘am turiga ko‘ra g‘altakli (3 kV va undan kichik kuchlanishlar uchun), bir o‘ramli (62-rasm) va ko‘p o‘ramli transformatorlar bo‘ladi. Bir o‘ramli transformatorlar 600 A va undan yuqori birlamchi tokka mo‘ljallab tayyorlanadi; kichik toklarda birlamchi chulg‘amining magnit yurutuvchi kuchi talab etilaigan klass aniqligida ishlash uchun etarli bo‘lmaydi. 600 A dan kichik toklarda TPL tipidagi ko‘p o‘ramli transforlar qo‘llanilib, ularning birlamchi chulg‘ami soni kerakli magnit yurituvchi kuchga qarab, aniklanadigan bir necha o‘ramlardan iborat. Katta nominal birlamchi toklar uchun birlamchi chulg‘am vazifasini transformator ichidan o‘tuvchi shina bajaradigan tok transformatorlari qo‘llaniladi. Bu transformatorlar magnit o‘tkazgich bilan ikkilamchi chulg‘amlari ustiga quyilgan xalqasimon epoksidli blokdan iborat. Tok o‘tkazuvchi shina birlamchi chulg‘am xisoblanadi. Izolyasiyalovchi blokka ekranlovchi silumin xalka quyilgan bo‘lib, prujina yordamida shinaga elektr jihatdan ulangan. Bunday tok transformatorlariningelektrodinamik turg‘unligi shina k onstruksiyasining chidamliligi bilan aniqlanadi. Nominal toki 2000—5000 A bo‘lgan 10 kV li kurilmalarda o‘tuvchi shinali tok transformatorlari TPSHL qo‘llaniladi. Tashqi kurilmalar uchun TFN tipidagi qog‘oz - moy izolyasiyali, chinni korpusda tayanch tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Moy bilan to‘ldirilgan ichi bo‘sh chinni izolyatorlarda transformatorning magnit o‘tkazgichi bilan chulg‘amlari joylashtirilgan. TFN transformatorlari 0,5 klass chulg‘amli bitta magnit o‘tkazgich rele muhofazasi uchun mo‘ljallangan chulg‘amli ikki uchta magnit o‘tkazgichga ega. Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, birlamchi chulg‘amni izolyasiyalash shuncha qiyin, shuning uchun 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarga kaskad tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Transformatsiyaying ikki kaskadining bo‘lishi (chulg‘amli ikkita o‘zaklar) har bir pog‘ona chulg‘amlarining izolyasiyasini to‘la kuchlanishga hisoblamay, balki uning yarmiga teng qilib tayyorlash imkonini beradi. Transformatorning har bir pog‘onasi mustaqil konstruksiyaga ega. YUqori pog‘onaning birlamchi chulg‘ami transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish uchun ikki seksiyadan iborat. Ikkilamchi chulg‘amlar to‘rtta: ulardan biri 0,5 klassdagi o‘lchashlar uchun qolgan uchtasi rele muhofazasi uchun. Qo‘sh transformatsiya tok transformatorlarining konstruksiyasini murakkablashtirib, xatosini oshiradi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda bakli Uzgichlar yoki kuch transformatorlarining o‘tuvchi vtulkalariga joylashadigan tok transformatorlari keng qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarning birlamchi chulg‘ami bo‘lib vtulka sterjeni hisoblanadi. Uncha katta bo‘lmagan birlamchi toklarda tok transformatorlarining aniqlik klassi 3 yoki 10 bo‘ladi. 1000—2000 A li birlamchi toklarda 0,5 klassida ishlash ham mumkin. Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘ami birlamchi hisoblangan tokka muvofiq transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish imkonini beruvchi otpaykaga ega. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling