Ma’ruza 21
Asosiy elektrotexnik uskunalarning va o‘tkazuvchi qisimlarni tanlash
Xar bir elektrotexnik uskunalar va o‘tkazuvchi qismlar nominal parametrari bo‘icha tanlanib, q.t. toklarni ta’siriga tekshiriladi. Q.t. toklarlarning o‘tishi elektrotexnik uskunalarni kontaktlarida va o‘tkazgichlarda elektroenergiyaning ko‘prok isrof bo‘lishiga olib keladi, bu ularni tez qizishiga sabab bo‘ladi. Qizish protsessi izolyasiyani eskirishi bilan buzilishini tezlashtiradi, kotaktlarni payvandlanishi va yonishiga, shina va simlarning mexanik mustahkamligini yo‘qotishiga va shunga o‘xshash hollarga olib keladi. Apparatlar va o‘tkazgichlar berilgan hisobiy vaqt oraligida q.t. toktdan kizib, shikastlanmasliklari kerak, yani termik chidamli bo‘lishlari lozim.
Q.t. toklarning o‘tishi, shuningdek, o‘tkazgichlar orasida kata elektrodinamik kuchlar hosil bo‘lishi bilan kuzatiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlar, apparatlar va elektr mashinalar shunday loyihalangan bo‘lishi kerakki, ular q.t. da hosil bo‘ladigan kuchlar ta’siriga shikastlanmasdan chidashi, yani elektrodinamik nuqtai nazaridan turg‘un bo‘lishi lozim.
Rubilniklar quyidagilarga qarab tanlanadi:
Qurilmaning kuchlanishi bo‘yicha Uust ≤ Unom;
yuklama toki bo‘yicha norm Inopm ≤ Inom; Imax ≤ Inom;
konstruktiv tuzilishiga qarab;
elektrodinamik mustahkamligi bo‘yicha iu ≤ ipr.s;
termik mustahkamligi bo‘yicha Vk ≤ I2ttt.
Nominal tok Inom porron chegara tok ipr.s, termik mustahkamlik vaqti va toki tt, It katalog va ma’lumotnomalarda keltiriladi.
Avtomatlar quyidagilarga qarab tanlanadi:
ustanovkaning kuchlanishiga qarab
tok turi va uning kattaligiga qarab
Konstruksiyasiga qarab;
uziladigan tok chegarasiga qarab.
Qisqa tutashuvda kutish vaqtiga ega bo‘lgan selektiv avtomatlar quyidagi shart bo‘yicha tekshiriladi:
bunda Ip.o— uch fazali q.t. ning boshlang‘ich momentidagi tokning davriy tashkil etuvchisining ta’sir etuvchi mivqdori; Iuz—avtomatik uzgichning uzadigan tokining ta’sir etuvchi chegara miqdori.
Tokni cheklovchi (tez ta’sir etuvchi) avtomatlar quyidagi shart bo‘yicha tekshiriladi:
elektrodinamik turg‘unlikbo‘yicha.
Tez ta’sir etuvchi avtomatlar tokni cheklash effekti sababli dinamik turg‘unlikka, tekshirilmaydi.
Termik turg‘unlikka faqatselektiv avtomatlar tekshiriladi
bunda ipr.S—q.t. chegara tokining amplituda qiymati; It—termik turg‘unlikning chegara toki; tt—termik turg‘unlik tokining o‘tish davomligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |