¡збекистон республикаси
Tok transformatorlarini tanlash
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
Tok transformatorlarini tanlash
Tok transformatorlari quyidagicha tanlanadi: kuchlanish bo‘yicha tok bo‘yicha Nominal tok kurilmaning ish tokiga mumkin qadar yaqin bo‘lishi lozim, chunki birlamchi chulg‘amni to‘la yuklamaslik hatoning ortishiga olib keladi; Elektrodinamik turg‘unligi bo‘yicha: bunda - hisoblangan q.t. ning zarbiy toki; ked - elektrodinamik turg‘unlikning katalog bo‘yicha karraligi; - tok transformatorlarining nominal birlamchi toki. SHinali tok transformatorlarining elektrodinamik turg‘unligi taqsimlash qurilmalari shinasining turg‘unligi bo‘yicha aniqlanadiganligi uchun, bunday transformatorlar bu shart bo‘yicha tekshirilmaydi; termik turg‘unligi bo‘yicha: bunda Vk - hisob bo‘yicha issiqlik impulsi; kt - katalog bo‘yicha termik turg‘unlik karraligi; tt - katalog bo‘yicha termik turg‘unlik vaqti; ikkilamchi yuklama bo‘yicha: bunda z2 - tok transformatorining ikkilamchi yuklamasi; z2nom - tanlangan aniklik klassidagi tok transformatorining ruxsat etilgan nominal yuklamasi. Ikkilamchi yuklamasi bo‘yicha tok transformatorlarini tanlashni batafsil ko‘rib chiqamiz. Tok zanjirlarining induktiv qarshiligi uncha katta bo‘lmaganligi uchun z2 r2. Ikkilamchi yuklama r2 priborlar rprib va ulaydigan simlar rsim qarshiligi hamda kontaktlarning o‘tkinchi qarshiligi rk dan tashkil topgan: Priborlarning qarshiligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: bunda Sprib - priborlar iste’mol qiladigan quvvat; I2 - priborning ikkilamchi nominal toki. Kontaktlarning qarshiligi ikki - uchta priborlar uchun 0,05 Om va ko‘p sondagi priborlar uchun 0,1 Om deb olinadi. Ulanadigan simlarning qarshiligi ularning uzunligi va ko‘ndalang kesimiga bog‘liq. Tok transformatori tanlangan klass aniqligida ishlashi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim: bundan rsim ning qiymatini bilgan holda ulanadigan simlar kesimini aniqlash mumkin: bunda - sim materialining solishtirma qarshiligi. Mis tomirli simlar ( = 0,0175) 100 MVt va undan yuqori agregatli kuchli elektrostansiyalarning asosiy va yordamchi asbob-uskunalarining ikkilamchi zanjirida, shuningdek, yuqori kuchlanishi 220 kV va undan yuqori podstansiyalarda qo‘llaniladi. Qolgan hollarda ikkilamchi zanjirlarda alyuminiy tomirli simlar ( = 0,283) qo‘llaniladi; Ihis – tok transformatorlarining biriktirish sxemasiga bog‘liq bo‘lgan hisoblangan uzunlik. Tok transformatorlaridan priborlargacha har xil ulaydigan simlar uzunligini taxminan quyidagicha olish mumkin (bir tomonga), m: Iste’molchilarga boradigan liniyalardan tashqari, 6- 10 kV li BTQ zanjirlarining hammasi............................................................................................40 - 60 Blokli elektrostansiyalarning generator kuchlanish zanjirlari......................20 - 40 Iste’molchilarga boradigan 6-10 kV li liniyalar..................................................4 - 6 TQning hamma zanjiri uchun:....................................................................................60 - 75 35 kV li 110 kV li........................................................................................................75 - 100 220 kV li......................................................................................................100 - 150 330 - 500 kV li..........................................................................................150 - 175 Sinxron kompensatorlar.............................................................................. 25 - 40 Biriktiruvchi simlar sifatida qog‘oz, rezina, polixlorvinil yoki polietilen bilan izolyasiyalangan, qo‘rg‘oshinli, rezinali, Polixlorvinilli yoki maxsus issiqqa chidamli qobiqqa o‘ralgan ko‘p tomirli kontrol kabellar qo‘llaniladi. Mustahkamlik shartiga asosan alyuminiy tomirlar kesimi 2,5 mm2 dan, mis tomirlarniki 1,5 mm2 dan kichik bo‘lmasligi lozim. Odatda, 6 mm2 dan katta kesimli tomirlar ishlatilmaydi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling