¡збекистон республикаси
Ma’ruza 22 Elektstansiya va podstansiyalarning ulanish sxemasi
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
Ma’ruza 22
Elektstansiya va podstansiyalarning ulanish sxemasi Sxemalarning turlari va ularning vazifasi. Elektrostansiya (podstansiya)lar elektrik ulanishlarining bosh sxemasi - bir-biri bilan o‘zaro ulangan natural ko‘rinishdagi asosiy elektr jihozlari (generator, transformator, liniyalar), yig‘ma shinalar, kommutatsion va boshqa birlamchi apparaturatlar bilan ular orasida natural ko‘rinishda bajarilgan barcha ulanshilar majmuidir. Bosh sxemani tanlash elektr stansiya (podstansiya) elektr qismini loyihalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning to‘liq tarkibini va ular orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Tanlangan bosh sxema elektrik ulanishlarning prinsipial sxemasi, o‘z ehtiyoji sxemasi, ikkilamchi ulanishlarning sxemasi, montaj va boshqa sxemalarni tuzishda boshlang‘ich ma’lumot hisoblanadi. Bosh sxemalar chizmada bir chiziqli qilib tasvirlanib, bunda kurilmaning hamma elementlari uzilgan holatda bo‘ladi. Ayrim hollarda sxemaning ayrim elementlarini ish holatida ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi. S xemaning hamma elementlari bilan ular orasidagi bog‘lanishlar konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi standartlariga muvofiq ko‘rsatiladi. Elektr kurilmalarni loyihalashda bosh sxemani tuzishdan oldin elektr energiya (quvvat) ni berishning struktura sxemasi tuzilib, unda elektrkurilmaning asosiy funksional qismi (taqsimlagich qurilma, transformatorlar, generatorlar) va ular orasidagi bog‘lanish ko‘rsatiladi. Struktura sxemalar keyinchalik prinsipial sxemalarni yanada to‘laroq va batafsilroq ishlab chiqish, shuningdek elektrkurilmaning ishi bilan umumiy tanishib chiqish uchun xizmat qiladi. Bu sxemalarning chizmalarida funksional qismlar to‘g‘ri burchaklar yoki shartli grafik tasvirlar ko‘rinishida (73-rasm, a) tasvirlanadi. Sxemada apparatlar (Uzgichlar, ajratgich, tok transformatori va hokazolar) dan hech qaysisi ko‘rsatilmaydi. 73-rasm, b da shu podstansiyaning bosh sxemasi ayrim apparatlarsiz - tok, kuchlanish transformatorlarisiz, razryadniklarsiz ko‘rsatilgan. Bunday sxema elektrik ulanishlarning soddalashtirilgan prinsipial sxemasi bo‘ladi. To‘liq prinsipial sxemada (73-rasm, v) birlamchi zanjirning hamma apparatlari, ajratgich va uzgichlarning erga ulovchi pichoqlari, shuningdek, qo‘l-laniladigan apparatlarning tiplari ko‘rsatiladi. Operativ sxemada (73-rasm, g) shartli ravishda ajratkich va erga ulovchi pichoqlar ko‘rsatilgan. Har bir smenada navbatchilik qiladigan xodim tomonidan shu apparatlarning haqiqiy holati (ulangan, uzilgan) sxemada ko‘rsatiladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling