¡збекистон республикаси
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
Transformatorning kengaytirgichi bak bilan kuvir orqali tutashtirilgan silindrik idishdan iborat bo‘lib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan to‘latilgan bo‘lib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining o‘zgarishi kengaytirgichdagi moy sathining o‘zgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich atmosfera bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashgan bo‘lsa, unda havoning nami moyga o‘tib, uning izolyasion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog‘langan. Selikagel so‘rilayotgan havodagi namni shimadi. YUklama keskin o‘zgarsa, selikagelli filtr havoni to‘liq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moyning namlanishini oldini olish uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qo‘llaniladi yoki kengaytirgichdagi erkin bo‘shliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan to‘ldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana qo‘llash mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin.
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-o‘lchash va himoya qurilmalari ko‘zda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy ko‘rsatkich va termometr kiradi. Moy ko‘rsatkich kengaytirgichga, termometr bakning qopqog‘iga o‘rnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz relesi kiradi. 330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qo‘shimcha ravishda kirish joylari izolyasiyasini nazorat qiluvchi qurilma (KIV) va yuqori kuchlanishli germetik kirish joylaridagi moy bosimini o‘lchovchi manometrlar qo‘llaniladi. Sinov savollari 1. Transformatorning asosiy parametrlari aytib bering? 2. Transformatorning nominal quvvati kaysi kuvvati aytiladi? 3. Trnsformatornig nominal kuchlanishi va nominal toki xaqida tushuntirib bering. 4. Qisqa tutashuv kuchlanish bu kaysi kuchlanish? 5. Salt yurish toki kaysi isroflarni xarakterlaydi? Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling