¡збекистон республикаси
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
Vakuumli Uzgichlar. Ma’lumki, vakuum oraliqning elektr mustahkamligi atmosfera bosimidagi havo oralag‘iga nisbatan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy so‘ndiruvchi kameralar KDV da (51-rasm) foydalaniladi. Kontaktlar bir-biridan ajraganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi, shuning uchun tegib turgan nuqtada undan o‘tayotgan tok hisobiga harorat keskin ko‘tarilib, erigan metalldan ko‘prikcha hosil bo‘ladi. Bu ko‘prikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug‘lanadi. Metall bug‘lari muhitida yoy yonadi. Kuchli vakuum ostida zaryadlangan zarrachalar atrofdagi bo‘shliqqa tez diffuziyalanadi.
Tok noldan o‘tishida yoy so‘nadi. Taxminan 10 mks dan so‘ng kontaktlar orasidagi vakuumning mustahkamligi tiklanadi. Metall bug‘lari kameraning shisha korpusini ifloslanishdan saqlovchi po‘lat ekranlar 5 va 8 ga o‘tiradi. Kontaktlarning bug‘lanishini kamaytirish uchun qiyin eriydigan metalldan tayyorlangan kontakt uchliklar qo‘llaniladi. KDV-5 kamerasi (51-rasm) silindrik shisha korpusga ega bo‘lib, uning ichiga yuqorigi flanets 10 orqali qo‘zg‘almas kontakt kiradi, pastki flanetsbilansilfon zichlagich orqali esa qo‘zg‘aluvchan kontakt kiradi. Qo‘zg‘aluvchan kontakt 4 mm gacha so‘riladi. Kameradan havo yuqorigi flanetsga payvandlangan nippel orqali chiqariladi. Kameradagi bosim 10-4 Pa. Kameraning hamma qismlarini vakuumli— zich choklar bilan biriktiriladi. Uzishdagi kontaktlarning bug‘lanishi hisobiga vakuum pasayadi, biroq kontaktlar qiyin eruvchi metalldan tayyorlansa, u holda kamera katta uzish miqdorlariga chidaydi. 10 kV kuchlanishli ko‘rilayotgan kamera 600 A li tokni 500 martadan ko‘p uzadi, 200 A li tokni esa 30000 martagacha uzadi. Tok bo‘lmaganda kamera vakuumni buzmasdan 100000 operatsiyaga chidaydi. Kameraning eng katta uzish toki 1000 A, sinaladigan kuchlanishi 42 kV. Uziladigan tok nisbatan kichik bo‘lganligi uchun vakuum Uzgichlarni qisqa tutashuv tokini uzish uchun ishlatib bo‘lmaydi. Ular sig‘im toklarini uzish uchun qo‘llaniladi, (yuqori kuchlanishli yuksiz liniyalar, kondensatorlar batareyalari). YUqori kuchlanishli Uzgichlar yaratish uchun bir necha yoy so‘ndiruvchi kameralar ketma-ket ulanadi. Uziladigan tokni ko‘paytirish uchun ham magnitli puflash qo‘llanilib, u yoyning kontaktlar sirti bo‘yicha tez aylanishiga olib keladi. D unyo praktikasida yuklamaning vakuum Uzgichlari 500 kV va undan kichik kuchlanishli qurilmalarida qo‘llaniladi. Vakuum Uzgichlarining kamchiligi bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan toklarni uzishi va kichik induktiv toklarni uzishda kommutatsion o‘takuchlanish hosil bo‘lishining mumkinligi (bunda kamerada yoyning o‘chishi tok tabiiy noldan o‘tganida shunday bo‘ladi). Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling