¡збекистон республикаси
v) Tashqi qurilma uchun ajratkichlar
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
v) Tashqi qurilma uchun ajratkichlar
O chiq taqsimlash qurilmalariga o‘rnatiladigan ajratkichlar tegishli izolyasiyaga ega bo‘lishi va o‘z vazifasini atrof-muhit sharoitlari noqulay bo‘lganda ham ishonchli bajarishlari shart. O‘z vaqtida kesuvchi tipidagi ajratkichlar keng qo‘llanilar edi. Ularning kamchiligi bo‘lib pichoqni uzgan holatidagi gabaritining kattaligi hisoblanadi. Masalan, RON (3)-500/2000 ajratkichning pichog‘i ko‘tarilganda balandligi 9,8 m ga etadi. Pichoqni ko‘tarishda sarflanadigan kuchni kamaytirish uchun, shuningdek, balandligi bo‘yicha gabaritlarini kichraytirish uchun ajratkichning pichog‘i ikki qismdan iborat qilib yasaladi. Ikkita yarim pichoqlari vertikal harakatlanadigan shunday (RNV-500) ajratkich 56-rasmda ko‘rsatilgan. Uning uzilgan holatdagi balandligi 8,45 m. Ajratkich ikkita erga tutashtiruvchi pichoqqa ega bo‘lib, bosh pichoqlar yuritmasi - elektr dvigatelli (PDN), erga tutashtiruvchi pichoqlar qo‘lda harakatlantiriladi. G orizontal burilma tipdagi ajratkichlar 10-750 kV kuchlanishga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Bu ajratkichlarning keng qo‘llanilishiga sabab, ular gabaritining ancha kichikligi va boshqarish mexanizmining soddaligidir. Bu ajratkichlarda bosh pichoq RNV ajratkichlarga o‘xshash ikki qismdan iborat, biroq ular izolyatorlar kolonkalariga o‘rnatilgan bo‘lkb, kolonkalar burilganda gorizontal tekislikda harakatlanadi (57-rasm). Qutblardan biri etaklovchi bo‘lib, unga yuritma ulangan. Boshqa ikkita qutblar (etaklanuvchi) ga tortqichlar orqali harakat beriladi. Ajratkichlar bir yoki ikkita erga tutashtiruvchi pichoqqa ega bo‘lishi mumkin. Ajratkichning kontakt qismi, pichoqlardan birining uchiga mahkamlangan lamellar va boshqa pichoqning oxiridagi kontakt sirtdan iborat. Ulanganda pichoq lamellar orasiga kiradi. Kontaktda bosim prujinalar orqali hosil qilinadi. SHunga o‘xshash konstruksiyali ajraluvchi kontakt (RNV-500 ajratkichi uchun) 51-rasmda ko‘rsatilgan. G orizontal burilma ajratkichlarda pichoq uzilgandan so‘ng u ikki qismga «singandek» bo‘ladi, shuning uchun kontaktlar muzlangan hollarda yuritmaning ishi ancha osonlashadi. Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda muz katlamini buzish uchun pichoqqa ilgarilama-aylanma harakat berilib, yuritma kinematikasi murakkablashar edi. Keng qo‘llanilgan RLND tipidagi gorizontal burilma ajratkichlar hozirgi paytda konstruksiyasi takomillashgan RND va RND (3) (ikki kolonkali erga tutashtiruvchi pichoqlari bo‘lgan, tashqi qurilma uchun mo‘ljallangan ajratkichlar) bilan almashtirilmoqda. 330-750 kV li ajratkichlarda kontaktlarni to‘sib turuvchi muzdan saqlovchi qoplama bor. Ajratkichning yuritmasi ham uzilgan, ham ulangan holatda ishonchli qulflanuvchi trosli elektr lebedkadan iborat. YUritma ajratkichning o‘z-o‘zidan ulanib qolishidan saqlovchi tormozga ega. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling