¡збекистон республикаси
O‘z-o‘zini sinov savollari
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza 18 O‘lchov tok transformatorlari
O‘z-o‘zini sinov savollari
YUqori kuchlanili ajratkichlarni vazifasi. Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar konstruksiyasi. Tashqi qurilma uchun ajratkichlar konstruksiyasi. Uzgichlar va qisqa tutashtirgichlarni vazifasi. Ma’ruza 18 O‘lchov tok transformatorlari Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o‘lchov priborlari va rele uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat kiladi. Tok transformatori yopik magnit o‘tkazgich 2 (61-rasm) hamda ikkita birlamchi 1 va ikkilamchi 3 chulg‘amlarga ega. Birlamchi chulg‘am o‘lchanayotgan tok zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi chulg‘amga tok o‘tadigan o‘lchov priborlari ulanadi. T ok transformatori nominal transformatsiya koeffitsienti bilan xarakterlanadi: bunda - birlamchi nominal tok, - ikkilamchi nominal tok. Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1 A deb qabul qilingan. Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti qat’iy o‘zgarmas miqdor bo‘lmay, balki magnitlovchi tokniig mavjudligidan kelib chiqadigan xatolik sababli nominal miqdordan farq qilishi mumkin. Transformatorning tokni transformatsiyalash xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniklanady: Tok transformatorining xatosi uning konstruktiv xususiyatlari; magnit o‘tkazgich kesimi, magnit o‘tkazgich materialining magnit singdiruvchanligi, magnit yo‘lining o‘rtacha uzunligi, miqdorga bog‘liq. Tok transformatorlari ularga qanday talab qo‘yilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab chiqariladi. Ko‘rsatilgan raqamlar birlamchi chulg‘am 100—120% tok bilan yuklanilganda (oldingi uchta klass uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda (oxirgi ikkita klass uchun) nominal tokka nisbatan protsentda ifodalangan tok transformatorining xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1 klassidagi tok transformatorlari uchun ham burchak xatosi normalanadi. Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, o‘tkazgich, kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga bog‘liq. Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi. Nominal tokdan ancha kichik bo‘lgan birlamchi toklarda ham tok transformatorining xatosi ortadi. 0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya priborlarini ulashda, 0,5 klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1 klassdagilari - hamma texnik o‘lchov priborlari uchun; 3 va 10 klassidagilari rele muhofazasi uchun ishlatiladi. Ko‘rib chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg‘amlari D (differensial muhofaza uchun), Z (erga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa rele muhofazalari uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. O‘lchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega bo‘lganligi ucho‘n, tok transformatori q. t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi. Agar ikkilamchi chulg‘am uzilsa, magnit o‘tkazgichdagi magnit oqim keskin ortadi, chunki uning kattaligi endi birlamchi chulg‘amning magnit yurituvchi kuchi (m.yu.k.) bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit o‘tkazgich haddan tashqari yuqori temperaturagacha qiziydi, uzilgan ikkilamchi chulg‘amda esa, ayrim hollarda, bir necha o‘n kilovoltlarga etadigan yuqori kuchlanish hosil bo‘ladi. Aytib o‘tilgan hodisa sababli birlamchi chulg‘amdan tok o‘tayotganda tok transformatorining ikkilamchi chulg‘amini uzishga ruxsat etilmayda. O‘lchov pribori yoki releni o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, tok transformatorining ikkilamchi chulg‘ami avval qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg‘ami shuntlanadi). Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling