¡збекистон республикаси


egiluvchan shinalar va tok o‘tkazuvchilar


Download 2.32 Mb.
bet44/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

egiluvchan shinalar va tok o‘tkazuvchilar.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli RU da AS simlardan yasalgan egiluvchan shinalar qo‘llaniladi. RU 6-10 kV li generatorlar va transformatorlarni ulash uchun egiluvchan tok o‘tkazuvchilar aylanasi bo‘ylab halqa - oboyma bilan mahkamlangan simlar bog‘lami ko‘rinishida tayyorlanadi. Bog‘lamdagi ikkita po‘lat-alyuminiyli simlar asosan tok o‘tkazuvchining o‘z massasi, yaxlash va shamoldan hosil bo‘ladigan mexanik nagruzkasini ko‘tarib turadi. Qolgan - alyuminiy simlar faqat tok o‘tkazuvchi xisoblanadi. Bog‘lamdagi alohida o‘tkazgichlarning kesimini mumkin qadar katta olish tavsiya etiladi (500, 600 mm2), chunki bu simlar sonini kamaytirib, tok o‘tkazuvchining tannarxini pasaytiradi.
Egiluvchan shinalar va tok o‘tkazuvchilar, odatda, fazalar orasi etarlicha katta oraliqda bo‘lgan osma izolyatorlarning girlyandalariga mahkamlanadi. Masalan, yig‘ma shinalar uchun quyidagi masofalar qabul qilingan: 35 kV li kuchlanishda - 1,5 m; 110 kV da - 3 m, 220 kV da - 4 m; 330 kV da - 4,5 m; 500kV da - 6 m; 750 kV da - 10 m; generator kuchlanishdagi tok o‘tkazuvchilar uchun - 3 m. Bunday oraliqlarda fazalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari uncha katta bo‘lmaydi, shuning uchun egiluvchan shinalarni odatda elektrodinamik ta’sirga hisoblanmaydi.
Kabellar
Kabellar elektroqurilmalarda keng qo‘llaniladi. Odatda, 6-10 kV li iste’molchilar kabel liniyalar orqali ta’minlanadi, kabellar taqsimlash qurilmalarida kabel tunnellariga, erga va transheyalarga qo‘yilgan bo‘ladi. Elektrostansiya va podstansiyalarning o‘z ehtiyoji iste’molchilarini ulash uchun tegishli shinalardan tashqari yana 6 va 0,4 kV li kabellar qo‘llaniladi. Bu kabellar kabelli yarim etajlarda, tunnellarga, devorlarga va imorat konstruksiyalariga yoki ochiq taqsimlash qurilmalariga mahkamlangan turli metall tarnovlarga o‘rnatiladi. IES va AES larning ishlab chiqarish xonalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun kabel izolyasiyasi, qobig‘i va qoplamasi yonmaydigan materiallardan, masalan, o‘zi o‘chadigan polietilen yoki polivinil-xlorid plastikatidan tayyorlanadi.
Kabelga ta’sir etuvchi o‘rnatilgan joyi, muhit xossalari, mexanik kuchlarga qarab kabellarning turli markalari tavsiya etiladi.


Sinov savollari

  1. Asosiy elektr zanjirlarida qo‘llaniladigan o‘tkazgichlar tiplari aytib bering.

  2. Egiluvchan shinalar va tok o‘tkazuvchilar kaerda ko‘llaniladi?

  3. Kabellar kaerda ko‘llaniladi?




Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling