Zbekiston respublikasi xalq


YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH


Download 1.44 Mb.
bet2/6
Sana31.12.2022
Hajmi1.44 Mb.
#1073862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnologiya-fanidan-dars-ishlanmalar

YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.



Darsning yakuni: Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javoblar yozish va o’qish.
MAVZU: Mеtаllgа ishlоv bеrishda qo`l аsbоb-uskunаlаri, mоslаmаlаrining tuzilishi vа turlаri, vаzifаlаri, fоydаlаnish qоidаlаri. Chilаngаrlik dаstgоhi. O`lchаsh vа rеjаlаsh аsbоblаri. Dastgohlarni tozaligiga e’tibor berish
DARSNING MAQSADI:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mеtаllgа ishlоv bеrishda qo`l аsbоb-uskunаlаri, mоslаmаlаrining tuzilishi vа turlаri, vаzifаlаri, fоydаlаnish qоidаlаrini o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning qalbida vatanga mexr uyg’otish, kasb hunarga yo’naltirish va mehnat faniga qiziqishini oshirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni darsga qatnashish faolligini oshirish.
Tayanch kompetensiyalar
Buyum va loyihalar, texnik vositalarni to’gri boshqara oladi
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsning metodi: Aralash.
Darsning jihozi:
Tashkiliy qism:

  • Salomlashish

  • Tozalikni tekshirish.

  • Davomatni olish.

  • Uy vazifasini so’rash.

Savol va topshiriqlarga javoblar yozilganini tekshirish va mavzuni so’rash.


YANGI MAVZU BAYONI.

Ishlash vaqtida asboblar va zagotovka (yarim tayyor mahsulot, xomashyo)ni dastgoh ustiga ulardan foydalanish qulay holda joylashtirish lozim. O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblar o‘ng tomonda va chap qo‘l bilan ushlanadigan asboblar chap tomonda turishi kerak. Agar ish o’rni to‘g‘ri tashkil etilsa, vaqt tejaladi, mehnatning unumdorligi va sifati ortadi.


Dastgoh ustiga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yiladi. Ish tamomlangach hamma asboblar, zagotovkalar, chizmalar, tayyorlangan buyumlar yigishtiriladi, qipiqlar cho'tka bilan yaxshilab sidiriladi.
Har bir ish o’rni, chilangarlik dastgohi kerakli asboblar va moslamalar bilan jihozlanishi lozim. Bular yirik va mayda tishli egovlar, chilangarlik bolg‘asi, kerner, chizg‘ich,'masshtabli chizg‘ich, 90° burchakli go‘niya, to‘qmoq va hokazolardan iboratdir.
Dastgohda metallami to‘g‘irlash va bulcish uchun plitka ham bo‘lishi zarur. Himoya to‘ridan faqat metallami kesish jarayonida foydalanish lozim. Chizmalar va buyumni tayyorlashning texnologik xaritasini qo‘yish uchun ko‘targich taglik ham bo‘lishi kerak.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling