Zbekiston respublikasi


Jamiyatni tahlil qilishda sistemali (tizimli) yondashuv kimning ta’limotida o‘z aksini topdi?


Download 203.4 Kb.
bet10/10
Sana09.03.2020
Hajmi203.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

37. Jamiyatni tahlil qilishda sistemali (tizimli) yondashuv kimning ta’limotida o‘z aksini topdi?

A.K.Marks

B. .Z.Freyd

C. .F.Nitsshe

D.T.Parsons

38.Sotsial struktura bu…

A.Ma’lum sotsial mavqelarni egallaydigan va ma’lum sotsial funksiyalarni bajaradigan individlar o‘zaro aloqasining ma’lum usuli

B.Kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish

C.Hatti-harakat namunasi

D.Ehtiyojlarni qondirish uchun o‘zaro vazifani amalga oshirishning barqaror shakllari

39. Kim birinchi bo‘lib industrial jamiyat atamasini ishlatgan?

A.Sen-Simon

B.Darendorf

C.O.Kont

D.G.Markuze

40 A’zolik vorislik asosida o‘tadigan, o‘zatiladigan guruh nima deb ataladi?

A.Tabaqa


B.Sinf

C.Kasb


D.Gomogen

41. Qaysi mamlakatda kasta tizimi mavjud bo‘lgan?

A.Hindiston

B.Gretsiya

C.Xitoy

D.Misr


42 Zamonaviy G‘arb jamiyatida o‘rta sinf … tashkil etadi?

A.60 %


B.10 %

C.30 %


D.80 %

43. Jamiyatda o‘rta sinf ulushini oshishi ta’sir qiladi:

A.Jamiyat jipsligi va barqarorligiga

B.Ishchilar soniga

C. Ishlovchilar malakasini oshishiga

D.Sotsial mobillikka



44. “Sotsial dinamika” tushunchasini sotsiologiyaga joriy etgan olim..?

A. M. Veber

B G. Zimmel

C. O. Kont

D. G. Spenser

45. G. Zimmel sotsiologiyada qanday konsepsiyani yaratgan?

A. tushunuvchi sotsiologiya

B. formal sotsiologiya

C. analitik sotsiologiya

D.ziddiyat sotsiologiyasi

46. Jamiyatni organizm sifatida talqin qilgan olim…

A. K. Marks

B. O. Kont

C. G. Spenser

D. E. Dyurkgeym

47. Qaysi sotsiolog tomonidan birinchi bo‘lib «o‘z joniga qasd qilish» mavzusi o‘rganilgan?

A. Z. Freyd.

B. E. Fromm.

C. E. Dyurkgeym.

D. G. Zimmel

48. M.Veberga ko‘ra sotsial xatti-harakatlar turlari:

A. maqsadli, qadriyatli, rasional va affektiv

B. maqsadli-rasional, deviant, an’anaviy va madaniy

C. maqsadli-rasional, qadriyatli-rasional, affektiv va an’anaviy

D. maqsadli-rasional, qadriyatli, madaniy va an’anaviy



49. Sotsiologiyada psixoanalitik yo‘nalish asoschisini aniqlang:

A. G. Gurvich

B. T. Parsons

C. Ya. Moreno

D. Z. Freyd

50. Sotsiologiyada G. Spenser qanday konsepsiyani yaratgan?

A. formal sotsiologiya

B. noorganik sotsiologiya

C. noformal sotsiologiya

D organik sotsiologiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi

SOTSIOLOGIYA FANIDAN
TARQATMA MATERIAL
Tarqatma material -1

1.”Sotsiologiya“ atamasini ma’nosi, bu fanni maqsadi va vazifalari.

2.Maxsus soha sotsiologiyasi
Tarqatma material - 2

1.Sotsiologiyada tarmoq yo‘nalishlari

2.Sotsial institut tushunchasi va turlari
Tarqatma material - 3

1.Sotsiologiyaning ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni

2.Sotsiologiya strukturasi
Tarqatma material - 4

1.Antik davr sotsiologiyasi

2.Sotsial guruh tushunchasi
Tarqatma material - 5

1.Sharq mutafakkirlari sotsiologik qarashlari

2.Oila ijtimoiy institut sifstida
Tarqatma material - 6

1.Sotsiologiyaning obyekti

2.Begonalashuv va uning turlari
Tarqatma material -7

1.Sotsilologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanish bosqichlari

2.Din sotsiomadaniy institut sifatida
Tarqatma material -8

1.Antik davr sotsiologiyasi va uning guruhlarga bo‘linishi

2.Makro va mikro sotsiologiya
Tarqatma material -9

1.Sotsial munosabatlar

2.Kuzatish metodi va uning mohiyati
Tarqatma material -10

1.Sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik

2.Sotsiologiyada maxsus tarmoq soha yo‘nalishlari
Tarqatma material -11

1.Sotsiologiya fanining funksiyalari

2.Jamiat va davlat sotsiologiyasi
Tarqatma material - 12

1.Sotsiologiya fanining predmeti obyekti

2.Zamonaviy jamiat turlari
Tarqatma material -13

1.Sotsial munosabatlar

2.Kuzatish metodi va uning mohiyati
Tarqatma material -14

1.O.Kont-pozitiv sosiologiya asoschisi

2.Sotsial stratifikatsiya
Tarqatma material -15

1.Sotsilologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanish bosqichlari

2.Din sotsiomadaniy institut sifatida
Tarqatma material -16

1.”Sotsiologiya“ atamasini ma’nosi, bu fanni maqsadi va vazifalari.

2.Maxsus soha sotsiologiyasi
Tarqatma material -17

1.Sotsiologiyada tarmoq yo‘nalishlari

2.Sotsial institut tushunchasi va turlari
Tarqatma material -18

1.Sotsiologiyaning ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni

2.Sotsiologiya strukturasi
Tarqatma material -19

1.Sharq mutafakkirlari sotsiologik qarashlari

2.Fundamental sotsiologiya
Tarqatma material -20

1.Sotsiologiyaning obyekti

2.Begonalashuv va uning turlari
Tarqatma material -21

1.Deviant xulq-atvor tushunchasi.

2. Sotsial mobillik turlari.
Tarqatma material -22

1.Deviant xulq-atvor belgilari, ularning strukturasi.

2.Deviant xulq-atvor klassifikasiyasi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi

SOTSIOLOGIYA” FANIDAN


BAHOLASH MEZONI

Sotsiologiya” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.

“Sotsiologiya” fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e`lon qilinadi.

Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:



joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg`ulotlarda og`zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin;

oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o`tkaziladi. ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi. Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o`tkaziladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash yangi (OO`MTVning 2013 yil 2 avgustdagi 278-sonli buyrug`i) reyting nizomi asosida amalga oshiriladi. “Sotsiologiya” fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazoatda 40-ball, oraliq nazoratda 30- ball, yakuniy nazoratda 30-ball qilib taqsimlanadi.




Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A`lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo`lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik. Bilmaslik.

Fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo`lgan o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O`/100, bu erda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda); O` -fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).

Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy JN va oraliq ON turlari bo`yicha 55 ball va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo`l qo`yiladi.

Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig`indisiga teng.

ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.

JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.

Talabaning semestrda JN va ON turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yig`indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul’tet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi.



Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul’tet dekani, kafedra muduri, o`quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.
Talabalar ON dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko`rsatkichlar

ON ballari

maks

1-ON

1

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma`ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to`liqligi.

9

0-9

2

O‘tilgan mavzular bo‘yicha yozma nazorat ishi

21

0-21

Jami ON ballari

30

30


Talabalar JN dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko`rsatkichlar

JN ballari

maks




1

Darslarga qatnashganlik va o`zlashtirishi darajasi. Amaliy mashg`ulotlardagi faolligi, amaliy mashg`ulot daftarlarining yuritilishi va holati

30




2

Mustaqil ta`lim topshiriqlarining o`z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarilish va o`zlashtirishi darajasi.

10




Jami JN ballari

40





Sotsiologiya fani bo`yicha talabalar JN da to`playdigan ballarning dars soatlari bo`yicha reyting ishlanmasi.




Ta`lim y o`nalishi

Seminar mashg`ulotlar soati

Juftliklar soni

Har bir juftlikka ajratilgan maksimal ball

Baholar va o`zgarish oralig`i

Mustaqil ta`lim

Jami

A`lo

Yaxshi

Qoniqarli

Qoniqarsiz

1

Babcha ta`limy o`nalashlari

20

10

1-10 juftlikka 3 balldan,

2.6-3


2.3-2.6


1.8-2.2

1.9-2.3


0-1.7

0-1.8


10

40

2

IMF

18

9

1-6 juftlikka 3.3 balldan, 7-9 juftlikka 3.4 balldah

2.8-3.3

2.9-3.4


2.3-2.7

2.4-2.8


1.8-2.2

1.9-2.3


0-1.7

0-1.8


10

40

Seminar mashg`ulotlari jarayonida mustaqil ta`limga alohida e`tibor beriladi va unga maksimal 10 ball ajratildi.

Talabaning mustaqil ishi – Sotsiologiya faninig dolzarb mavzulariga bag`ishlangan bo`lib, berilgan mavzu mustaqil ijodiy ish shaklida tayyorlanadi va baholanishi uchun 10 ball ajratiladi.


        • Mustaqil ijodiy ishda mavzu to`liq ochilgan, to`g`ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bor – 8.5-10 ball

        • mavzu mohiyati ochilgan, xulosasi bor – 7-8 ball

        • mavzu mohiyati yoritilgan, ammo xulosa chiqarilmagan va ijodiy fikrlari yo`q – 5.5-6.5 ball

        • mavzu mohiyati to`la yoritilgmagan, ayrim kamchiliklari bor bo`lsa – 0-5 ball beriladi.


Talabalar YnN dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari

Yakuniy nazoratni 30 ballik “Yozma ish” yoki “Test” shuningdek “Og`zaki” shakllirda o`tkaziladi.

Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo`lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi




Ko`rsatkichlar

YaN ballari

maks

Savollar soni

Har bir savolga ajratilgan ball

1

Fan bo`yicha yakuniy yozma ish nazorati

30

3

10


Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni

Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan. Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi 0-10 ball oralig`ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin. Yozma sinov bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo`yilgan o`zlashtirish ballari qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.


Yakuniy nazoratda “Test”larni baholash mezoni

Yakuniy nazorat “Test” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 60 ta test savollaridan iborat. Test savollari fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan. Har bir test savollariga berilgan tog`ri javovlar uchun 0.5 ball qo`yiladidi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin. Test savollari bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun har bir berilgan to`g`ri javobga qo`yilgan ballar qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.






Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling