Õzbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja
Download 204.56 Kb.
|
J TARBIYA
Tezlik va uni rivojlantirish uslubiyoti
Harakatning tczJik tavsifi va faoliyatlar umumiy mashqlar bilan birlashtirilgnn. Qisqa vaqtda (10—20 soniya chcgarasida) bajariladigan yuqori sur'atdagi harakat qobiliyatini tarbiyalashning samaradorlik manbayi. metronom, ritmik musiqa. õqituvchining ovozi, signali (qarsak, hushtak), topshirilgan sur'atda va muso- baqa sharoitida uni asta-sckin oshirib borish (ma’lum vaqtda kim kõp takrorlaydi). Umumiy rivojlantirish va maxsuslash- tirilgan mashqlardan iborat. Mana õsha mashqlardan ba’zi birlari: —5,10,15 soniya ichida, imkoni boricha, kõproq masliq bajarish (bosh ustida qarsak chalish. qõlni aylantirish, bir joyda yugurganda qadamlar sonini kõpaytirish, bir joyda ma'Ium balandlikka sakrash, arqoncha bilan sakrash. õtirib- turish. gantel va toshlami bir vaqtda va uzluksiz kõtarish); — qisqa masofaga yugurish (10—80 m); —tõldirma tõplarni tashlash, granata. tennis tõpini ma’lum vaqtda mõljalga urish. Harakat reaksiyasini tarbiyalash maqsadida, õquvchilarni signalga tezda javob berishlari uchun maxsus mashqlardan foydalaniladi. Bunday mashqlar misoliga: —doira bõylab yurish, yugurish. Kutilniagan signal (hushtak. qarsak) bõyicha qaysidir mashqni maksimal tcz bajarish (õtiribturish, burilishlar. qõl bilan qarsak). Har bir harakat tezlikka 2—3 marotabadan bajariladi; — tõplarni signal bõyicha tezlik bilan mõljalga urish; —startdan signal bõyicha tezlik bilan chiqish mashqlarini bajarish; —umumiy rivojlantirish mashqlarini bajarish (qõl va oyoq harakatlari. õtirib-turish. burilishlar va tanani engashtirish) prcdmcti va bclgilangan signal bõyicha. Tezlik reaksiyasini muvaffaqiyatli tarbiyalash (maksimal imkoniyatdan 95—100%) — harakatning jadalligidan me’yo- riga yaqin va me’yoridan ortiq foydalangandagina mumkin. Tezlik reaksiyasini yaxshilash uchun õquvchilarda vaqtni sezish hissini tarbiyalash katta ahamiyatga cga. Shu maqsadda shuğullanuvchilarga muntazam ketma-ket uch xil vazifa taklif qilinadi: 1) tezkorlik mashqini bajargandan sõng õqituvchi shu- ğullanuvchilarga vazifani bajarishlarida sarflangan vaqtni e’lon qiladi; 2) vaqt õquvchiga e’lon qilinmaydi, uning õzi vaqtni aniqlashi kerak; 3) õquvchi tezkorlik mashqini berilgan vaqtda bajarishi kerak. 63 Harakat iczlik reaksiyasini vujudga keltirishning eng asosiy mashqlari — harakatli va sport õyinlaridir. Epchillikni tarbiyalashning manba va uslubiyoti Epcbillik, birinchidan. vangi nuirakkab koordinatsiyali harakatlar tez va mustahkam õzlashtirib olish qobiliyatiga (tez õrganish qobiliyati) va ikkinchidan, shartning birdaniga õzgarishi asosida harakat-faoliyatlarni tezda qayta tiklash qobiliyati sifatida aniqlanadi. Epchillikni tarbiyalashda harakat analizatorlari funksiyasining takomillashuvi katta ahamiyatga ega. Odamni aniq harakat tezligiga qobiliyati qancha ynqori bõlsa. u yangi harakatlarni tez õzlasbtirib oladi. Koordinatsiyali qobiliyatni rivojlantirishga vordam beruvchi bar xil boy mashqlarning arsenali — harakatli va sport õyinlari, gimnastika. akrobatikadir. Shuning uchun bunday masbqlar õquvchilar jisntoniy taibiyasida eng kõp qõllaniladi. Shu manbalar epchillikning rivojlanishiga butunlay yordam beradi. Maxsus epchillikni tarbiyalash tavsifi bõyicha musobaqa mashqlariga yaqin bõlgan tayyorlov mashqlarini qõllash orqali amalga oshiriladi. Epchillikni tarbiyakish samarasi. xususan. kichik va õrta maklab yoshlarida harakatning jadal rivojlanishi, kõrish. eshitish, taktil (tana sezgirligi) va boshqa analizatorlarning rivojlanishi jarayonida kuzatiladi. Maktab darsida va mashq soatlarida epcbillik mashqlari tayyorlov va asosiy qismning boshida bajarilishi lozim. Toliqish sharoitida epcbillik oz samara bilan rivojlanadi. Muskul kuchlanish differensiyasini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin: I) turgan joyidan uzunlikka sakrash, topshirilgan masofaga uch hatlab sakrash; 2) belgilangan balandlikka kõp sakrash; 3) belgi- langan masofaga va mõljalga (tõldirma tõplar, tennis, basketbol va boshqalar) tõplarni uloqtirish. Qobiliyatni takomillashtirish uchun mashqlanii differensiyalash zarur: I) (qõlni, oyoqni) belgilangan va belgilanmagan hamda topsliirilgan burcitakka (30. 45, 60. 90, 120* ga) kõtarish, kõzni yumib va harakat amplitudasini yax- shilash bilan; 2) ma’lum qadam sonini bosish. ma'lum masofa bõlagida (0, 20. 50, 60, 100 m) burilishlar. Harakatni vaqtga nisbatan differensiyalash mashqlari: I) har xil harakatlarni qal’iy ma’lum vaqt icltida bajarish(yurish. yugurish. sakrashlar. uloqtirishlar. umumiy rivojlan- tirish mashqlari); 2) topshirilgan vaqt ichida crkin mashqlarni bajarish kombinatsiyasi; 3) mashqni aniq tezlikka, kuchga kõp marotaba lakrorlash. Hamma mashqlar har xil dastlabki holatdan. liar xil yõnalishlarga, bar xil oxirgi holatga qarab bajariladi. Muvozanatni saqlash funksiyasini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: I) bir oyoqda turish (ochiq va berk kõz bilan, bõsh oyoqning har xil holatlari bilan, chcklangan) tayanch maydonida muvozanatni yõqotguncha va har xil balandlikda; 2) gimnastik skameykada har xil mashqlar (gimnastik õrindiqning raxida, vakkachõpda, tõp, tayoq, chambaraklar va ularsiz): õyinlar, cstafctalar. tõsiqlar paykalida bir yoki ikki oyoqlab muvozanatni ushlash unsurlari bilan; 3) õz atrofida bir necha marta aylangandan sõng, ko*zn> bcrkitgan holda har xil uzunlikdagi masofani bosib õtish. Epchillikni rivojlantirish bilan birga bõshashish qobiliyatini takomillashtirish zarur. Bunda qarama-qarshi mashqlar katta samara bcradi: muskul gumhlarining maksimal kuchla- nishi hamda bõshashishi. Masalan, I. Dastlabki holat: qõllar yonda. qõl muskulini va yelka kamarini maksimal tarang qilib, barmoqlar musht holda bukilgan, qõl muskullari va yelka kamarini bõshashtirib, qõllar pastga tushiriladi. Shu tamoyil asosida anjom-uskunali va anjomsiz mashqlarni tanlab olish mumkin. Download 204.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling