Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShNING UMUMIY ShARTLARI


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

3-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShNING UMUMIY ShARTLARI
23-modda. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud 
undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat ushbu 
Qonunning 
8-moddasida
 nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va 
ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart (bundan ushbu Qonunning 
3
1
-bobida
nazarda tutilgan hollar 
mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda 
tutilgan bo‘lsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak. 
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni 
qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi. 
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi 
talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi 
bilan o‘n besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro 
hujjatidagi talablar undan ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar
shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to‘g‘risida xabardor qiladi. 
Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash to‘g‘risidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha 
ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
ijroiya kodeksining 
19-moddasida
 belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan 
kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki 
boshqa organga yuboriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv 
bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-
mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi. 
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest 
bildirish mumkin. 
(23-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling