Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari
Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — uch yil ichida;
(27-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-
833-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to‘g‘risidagi sud hujjatlari asosida 
beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida
(27-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-
106-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda) 
3) notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida; 
4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida; 
5) ishlarni ma’muriy tartibda ko‘rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor 
shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari 
va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatiladi. 
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 ko‘rsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi: 
1) ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida
qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrug‘i 
bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini 
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud 
ijro hujjatini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risidagi ajrim 
chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda esa — hujjat 
chiqarilgan kunning ertasidan boshlab; 
2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda — ular berilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat 
o‘tganidan keyin; 
3) ushbu modda birinchi qismining 
5-bandida
qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga 
topshirilganda — qaror chiqarilgan kundan boshlab. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari bo‘yicha 
ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ular 
berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. 
Davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi (alimentlar undirish, sog‘liqqa shikast yetkazilgani 
oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari bo‘yicha ijro 
hujjatlari to‘lovlarni undirishning belgilangan butun davrida o‘z kuchini saqlab qoladi. Bunday 
tartib alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal 


qiladi. Bunday hollarda ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir to‘lov uchun alohida 
hisoblanadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling