Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

31-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini 
tushuntirish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo‘lgan taqdirda davlat ijrochisi ijro 
hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga 
ko‘ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so‘rab ijro hujjatini bergan sud yoki 
boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan 
kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida uni ko‘rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos 
bo‘lgan o‘zi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga ko‘ra ijro 
hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o‘zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud 
ijro hujjatiga tushuntirish berish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa 
qaror chiqaradi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki 
bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan obyektiv holatlar bo‘lgan taqdirda, 
davlat ijrochisi o‘z tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga ko‘ra, shuningdek 
taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish hamda ijro etish 
usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga 
murojaat qilishga haqlidir. 
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat 
palatasi, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi 
ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish 
yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga 
murojaat qilishga haqli. 
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli 
Qonuniga
 asosan 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-
son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa 
organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan xatlov kechiktirish to‘g‘risidagi qarorda nazarda 
tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi. 
Ijro hujjati bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish 
to‘g‘risidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar bo‘yicha ijro etiladi. 
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuniga
 
asosan ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling