Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

37-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi: 
1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak 
yo‘qolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qo‘yilgan talablar yoki 
majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo‘qolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan 
shaxsga o‘tishi mumkin bo‘lmasa; 
2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan 
o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yo‘qolganda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi: 
(37-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan 
bo‘lsa; 
2) undiruvchi va qarzdor o‘rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2
1
) undiruvchi va qarzdor o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilganda;


(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuniga 
asosan 2
1
-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima 
tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim 
chiqarilganda;
4) ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor 
qilinganda yoxud qonunga ko‘ra ijro hujjati bo‘lgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb 
topilganda. 
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling