Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast 
yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon 
ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash, zararni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi, shuningdek 
bolani olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning turgan joyi haqida ma’lumotlar 
bo‘lmaganda, davlat ijrochisi o‘z tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra qarzdorni 
qidirish to‘g‘risida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat 
ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ijro hujjatlarining boshqa turlari bo‘yicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-
mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda ko‘rsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu 
Qonunning 
76-moddasiga 
muvofiq bo‘nak to‘lash uchun undiruvchining roziligi bo‘lgan taqdirda 
qidiruv e’lon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to‘lashni qarzdordan sud 
tartibida talab qilishga haqlidir.
Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida 
(turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan 
joyida) e’lon qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va 
qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan 
ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin. 
(42-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish xarajatlari 
qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi 
tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish bo‘yicha xarajatlar ichki ishlar organining 
arizasiga ko‘ra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, qarzdor yuridik 
shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlar 
esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi.
(42-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 
Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish to‘g‘risidagi va 
qidirish xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish 
mumkin.
(42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling