Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishi to‘liq yoki u sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur deb hisoblagan
qismida tiklanadi.
Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to‘g‘risidagi ariza ijro
etiladigan joydagi sudga
beriladi.
Arizada ijro ishini yuritilishiga doir ma’lumotlar to‘liq bayon etilishi lozim. Arizachida
saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga
ilova qilinadi.
Sud ishni ko‘rayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga
qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga
olib berilgan hujjatlardan,
bu hujjatlarning
nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daxldor bo‘lgan boshqa ma’lumotnoma va
hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir bo‘lgan
shaxslarni guvoh
sifatida so‘roq qilishi mumkin.
To‘plangan materiallar yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa,
sud
ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni tugatadi. Bu
holda arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim etishga haqli.
Arizachi yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to‘g‘risidagi ish ko‘rib
chiqilishi vaqtida
sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolg‘on ariza berilgan
bo‘lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: