Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

3
1
-BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO IShINI YURITIShNING SODDALAShTIRILGAN 
TARTIBIDA IJRO ETIShNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
43
1
-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi 
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning 
mol-mulkiga (bundan pul mablag‘lari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan 
javobgarlik choralari qo‘llanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu 
Qonun 43
2
-moddasining 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo‘llanilishi 
mumkin. 
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan ma’muriy 
jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq 
etiladi. 
Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar 
qabul qilinmaydi (bundan ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning 
yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan masofadan turib amalga oshiriladi. 
Agar ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga 
topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ushbu Qonunning 
8
va 
8
3
-
moddalarida
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular 
kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi. 
Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga 
ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 
22
1
-moddasida
nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro 
etish haqida xabarnoma yuboradi. 
Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani 
olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada ko‘rsatiladi. 
Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining 
talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan 
qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 
43
2
-moddasida
 nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari 
qo‘llaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yig‘imi undiriladi. 
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu 
moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran uch ish kunidan ko‘p 


bo‘lmagan muddatda qo‘llaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, 
pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablag‘lari ushlab qolingan vaqt kirmaydi. 
Undiruv to‘liq amalga oshirilgan ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda 
yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi 
haqida ijro hujjati to‘liq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi. 
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan majburiy ijro etish 
choralari natijasiz bo‘lgan taqdirda ijro hujjati va ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror ushbu 
Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yig‘imi qo‘shimcha 
undirilmaydi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling