43
2
-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan
majburiy ijro etish choralari
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda
quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul
mablag‘lariga qaratish;
2) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani
undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga,
stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning
banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor
jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish tartibi Majburiy
ijro byurosi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu
moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy
shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qo‘llashga
yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga
nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin emas.
(3
1
-bob O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY
Do'stlaringiz bilan baham: |