6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKIGA
QARATIShNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKINI
XATLASh VA REALIZATSIYA QILISh
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag‘lariga qaratish
Oldingi
tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan
va bu kassaning alohida
ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo‘lgan so‘mdagi va chet el
valyutasidagi naqd pul mablag‘lari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yig‘imi
va ijro
bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda darhol olib qo‘yilishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
Olib qo‘yilgan so‘mdagi pul mablag‘lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda
undiruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig‘imi summalari,
shuningdek ijro xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan summalar davlat ijrochilarining
depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilib, so‘ngra ijro xarajatlarining o‘rni
ushbu summa hisobidan
qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi
hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag‘larini
xatlash choralarini
ko‘radi.
(58-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Do'stlaringiz bilan baham: