Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan, bo‘lingan, ajratib chiqarilgan, o‘zgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi. (62-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi olinganda, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan qarzdorning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risida xabarnoma olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni o‘zga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol- mulkiga o‘zi qo‘ygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi. (62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi. (62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling