Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularning


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

63-modda. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularning 
asosiy shartlari 
Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron 
onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan 
mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlang‘ich) bahosi ko‘rsatilgan 
buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi;
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining ko‘chirma 
nusxasi;
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot yoki davlat ijrochisining 
mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati ko‘rsatilgan sud qarorining 
ko‘chirma nusxasi;
mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan 
mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar. 
Ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu 
moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova 
qiladi: 
ijara shartnomasining ko‘chirma nusxasi; 
ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma 
nusxasi; 
ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini 
tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi 
savdosi natijasida olingan bo‘lsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz 
o‘tkazish imkonini beruvchi hujjat. 
Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning 
uchinchi 
qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: 
yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi; 
tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining ko‘chirma nusxasi. 
Yer uchastkasini va yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarni sotishda davlat ijrochisi 
ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yer uchastkasiga 
bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining ko‘chirma nusxalarini 
ilova qiladi.
Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narxning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron 
onlayn-auksionlar esa narxning tushib borishi prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
(63-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling