Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-BOB. QARZDORNING ISh HAQI VA UNGA TENGLAShTIRILGAN TO‘LOVLARGA


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

7-BOB. QARZDORNING ISh HAQI VA UNGA TENGLAShTIRILGAN TO‘LOVLARGA 
NISBATAN UNDIRUV


64-modda. Undiruvni qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 
qaratish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan 
to‘lovlarga qaratiladi:
davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishda;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi, shu jumladan 
yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu miqdordagi pul summasini 
undirishda; 
(64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-
apreldagi O‘RQ-762-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 
03/22/762/0290-son) 
undirilayotgan summalarni to‘liq uzish uchun qarzdorning mol-mulki bo‘lmaganda yoki 
uning mol-mulki yetarli bo‘lmaganda.
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni 
to‘layotgan tashkilotlar yoki o‘zga shaxslar undiruvchidan yoxud davlat ijrochisidan ijro hujjatini 
olgan kundan e’tiboran qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul 
mablag‘larini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki 
o‘zga shaxs ushlab qolingan pul mablag‘larini undiruvchiga to‘lov amalga oshirilgan kundan 
e’tiboran uch kun ichida to‘lashi yoki o‘tkazishi shart. Pul mablag‘larini to‘lash va o‘tkazish 
qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u o‘qishni bitirganda (boshqa 
joyga o‘tkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy 
shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga 
shaxs bu haqda darhol davlat ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar to‘g‘risida 
belgi qo‘yilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.
Qarzdor jismoniy shaxs yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi 
to‘g‘risida darhol davlat ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki 
o‘zga shaxs ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaxsga 
ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki o‘zga shaxslar 
tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda ta’minlaydi.
Davlat ijrochisi qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan 
to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan 
nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan ijro hujjati bo‘yicha pul mablag‘larining to‘g‘ri ushlab 
qolinishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan 
talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan 
tekshirish o‘tkazadi. Bunday tekshirishni o‘tkazishda qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki 
boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs tegishli buxgalteriya 
hujjatlarini va boshqa hujjatlarni davlat ijrochisiga taqdim etishi shart.
(64-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling