Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab 
qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar 
miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi. 
66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab 
qolinadigan summalar miqdori


Ijro hujjatlari bo‘yicha qarz to‘liq uzilgunga qadar, qarzdorga to‘lanadigan ish haqi va 
unga tenglashtirilgan to‘lovlarning ko‘pi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin. 
Bir necha ijro hujjati bo‘yicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 
qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim. 
67-modda. Undiruvni jazoni o‘tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv sud hukmi 
yoki qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining 
to‘liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni 
o‘tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi 
muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya 
kodeksida 
belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 
68-modda. Undiruvni ijtimoiy sug‘urta nafaqasiga qaratish 
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast 
yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi bilan bog‘liq holda ko‘rilgan zararni qoplash 
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini 
yo‘qotganda to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi 
mumkin. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling